Pulni bank omonatlaridan ko’paytirish. to’liq malumot oling

Pulni bank omonatlaridan ko’paytirish. to’liq malumot oling

Pulni bank omonatlaridan ko’paytirish.

– Bir reklama ko’rdim. Unda pulni ko’paytirish uchun bankga omonatga qo’yish kerak emish?!

– Nomini zikr qilmaslikni lozim topdim. Hozir esa pulni omonatga qo’ymaslikka yetarli argumentlar bermoqchiman:

• Shar’an bu ish ‐ harom.

• Pul o’zini o’zi hech qachon ko’paytira olmaydi, qachonki u biror narsaga tikilsa va ko’rilgan foydadan ko’paysa bo’ladi.

• Siz bankga qo’ygan «omonat» pulingiz ko’payishi nisbati boshqalarning puli hisobigadir. Ya’ni masalan siz bugun bankga 10 000 000 qo’yib, ma’lum bir vaqtda 50 000 000 olayotgan bo’lsangiz, u boshqalar ham sizga o’xshab omonatga qo’ygan puli hisobidan ko’payadi.

• Xullas, bu dunyoda pulingizni ozgina ko’tarib olaman deb, oxiratingizni kuydirmang.

📍O’zbekistondagi bank tizimlari hozircha kapitalizmga asoslangan tizimda faoliyat yuritadi. In Shaa Alloh yaqin kelajakda bunday tizimlar yo’q bo’lib, Islomiy Bank tizimlari ishga tushishini tilab qolamiz!

© Ibn Nazrulloh

Islom
Pulni bank omonatlaridan ko’paytirish.