Pul topish bo’yicha internetda qidiriladigan savollarga javoblar

Pul topish bo’yicha internetda qidiriladigan savollarga javoblar

Bugun do’stlar pul topish usullari haqida ma’lumot berib o’tmoqchiman, o’ylaymanki bu sizlarga foydali bo’ladi.

Internetda pul ishlash uchun ma’lum bir ko’nikmalarga va bilimlarga ega bo’lish kerak bo’ladi. Misol uchun, Sayt yaratish, Logotip yasash, Mobil ilovalar, Telegram botlar yasash, Smm xizmatlari, Video olish tajribasi va shunga o’xshash ko’nikmalarni bilish orqali o’z bilimlaringizni onlayn sotishingiz mumkin.

Tekin pul topish internet orqali tekinga pul topish mumkin deb o’ylashni o’zi xato sababi, internetga kirish uchun ham ma’lum bir mablag’ni sarflaysiz lekin buni hisoblab ko’rmaganligingiz uchun o’ylab ko’rmaysiz, umuman olganda har xil odamlarni vazifalarini bajarish orqali ham kichik so’mmalarni ishlash mumkin. Misol uchun instagram profilimdagi videoga layk bosish, izoh qoldirish evaziga ma’lum bir so’mma beraman shu orqali mablag’ topish mumkin.

Pul ishlash saytlari degan savolga bir nechta saytlarni keltirib o’taman va shu saytlarni o’rganib chiqib o’z xizmatlaringizni shu sayt orqali sotishingiz mumkin bo’ladi. Misol uchun: Kwork, Upwork, Teamwork.uz, Fl.ru, 3ddd.ru va shunga o’xshagan saytlar orqali xizmatlaringizni sotish orqali pul ishlash mumkin. Bu yo’nalishga chuqur kirsak bo’ladi lekin maqola uzun bo’b ketadi, shu sabab eng top saytlarni keltirdim.

Baraban aylantirib pul ishlash to’g’risi bunaqa pul ishlash usullariga ishonayman va foydalanishni ham tavsiya qilmayman, sababi oson pul topish va shunchaki baraban aylantirganingizga pul berilmaydi, Nima deysizmi? qonun shunaqa pul beradigan odam manfaati yo’q bo’lsa o’z o’zidan pul bermaydi, yaxshilab o’rganib ko’rish kerak bo’ladi.

Internetda qonuniy pul topish usullari juda ko’p, Agar biror sohani mutaxassisi bo’lsangiz o’z bilimlaringizdan foydalangan holda mijozlaringizni oson topishingiz va yaxshigina shartnoma asosida daromad qilishingiz mumkin. Hozirgi kunda uzum market orqali tovarlar sotish orqali pul ishlash ham bo’yicha ham ko’pchilik qiziqib yurishibdi va daromad ko’rayotganlar ham anchagina, shaxsan o’zim ham uzum marketda kitoblar sotish bilan shug’illanib ko’rdim, boshlanishiga yomon emas. Hammasi qonuniy shartnoma asosida bo’ladi va bank hisob raqamga pul kelib tushadi. Soliq to’lash orqali qonuniy ishlanadi.

Sarmoyasiz pul ishlash haqida ko’pchilik o’ylab ko’rgan bo’lsa kerak, haqiqatdan ham sarmoyasiz pul ishlash aktual holat, sarmoyasiz o’z xizmatlaringizni sotish orqali yoki tanishlar bilan birga ishlash orqali ham pul ishlash mumkin. Bu yerda siz sarmoya tikmaysiz aksincha tanishingiz pul tikadi. Umuman sarmoyasiz pul ishlash yo’li o’z bilimlaringizni sotish orqali ishlash mumkin.

Googledan pul ishlash degan savolni beradiganlar ham juda ko’pchilik ekan, Google orqali pul ishlash mumkinmi degan savolga javob beradigan bo’lsam, Ha mumkin, bu imkoniyatlaringizga bog’liq. Misol uchun sayti borlar Google adsense orqali pul ishlash mumkin, Youtube orqali ham pul ishlash mumkin, buning uchun Google adsense akkaunti kerak bo’ladi. Google biznesga bizneslarni joylab berish orqali ham pul ishlash mumkin.

Telefonda pul topish haqida ham o’z bilimlarimni berib o’taman, Hozir texnika va internet zamonida yashavotganligimiz uchun iloji bor bu narsalarni, hozir statistikaga ko’ra kompyuterda foydalanadiganlardan ko’ra telefondan foydalanadiganlar soni yildan yilga oshib borayotganligi sabab, barcha ishlar telefonda ishlashga moslashtirilib borilayotgani sir emas, Telefon orqali videoalarni montaj qilish mumkin, Logotip yasash mumkin, Ijtimoiy tarmoqlarni yurutish mumkin va boshqa ishlarni bajarish mumkin. Tepada aytganimdek barchasi ko’nikmalaringizga va ulardan to’g’ri foydalanishingizga bog’liq.

Ko’nikmalaringizni va bilimlaringizni ustida ko’proq ishlang va bu orqali daromadingizni bir necha karra oshirib borishingiz mumkin.

Dasturlash, Pul ishlash
Pul topish bo’yicha internetda qidiriladigan savollarga javoblar