PUL MASSASI
PUL MASSASI — xoʻjalik aylanma-siga xizmat koʻrsatadigan va xususiy shaxslar, korxonalar va davlatga tegishli xarid va toʻlov vositalarining jami hajmi. Pul massasi muomaladagi va jami Pul massasi gaboʻlinadi. Muomaladagi Pul massasi muayyan davrda, muayyan sanada hara-katda, muomalada boʻlgan pul miqdo-rini, jami Pul massasi muomalaga chiqarilgan pullarning toʻliq mikdorini bil-diradi. Unga nakd pullar, korxonalar va aholining banklarda hisobvaraklarda saqlanayotgan pul mablagʻlari, toʻlanishi shart boʻlgan pul majburiyatlari kiradi. Tovar ayirboshlash va toʻlov-hisobkitob munosabatlari shakllarining rivojlanishi bilan muomalada yurgan Pul massasining tarkibi va tuzilmasi jiddiy oʻzgarishlarga uchraydi.
Ensiklopediya.uz
PUL MASSASI