PUL-KREDIT SIYOSATI
PUL-KREDIT SIYOSATI — hukumatning pul muomalasi va kredit sohasida olib boradigan bosh yoʻli va mamlakat iqtisodiyoti barqarorligini va uning samarali faoliyatini taʼminlashga, pul tizimini lozim darajada mustahkam sak/gab turishga qaratilgan chora-tadbirlari. P.-k. s. davlat iqtisodiy siyosatining tarkibiy qismi boʻlib, odatda, uni Markaziy bank amalga oshiradi. P.-k. s. orqali muomaladagi ortiqcha pul massasi qisqartiriladi yoki koʻpay-tiriladi, inflyatsiyann pasaytirish chora-tadbirlari koʻriladi. Markaziy bank P.-k. s. ni olib borishda pul bo-zoriga toʻgʻridan-toʻgʻri — oʻzining boshqaruv vakolatlari yordamida va pul emissiyasi orqali taʼsir oʻtkazishi mumkin.
Ensiklopediya.uz
PUL-KREDIT SIYOSATI