Pufak, Poxolcha va choriq haqida to’liq ma’lumot oling

Pufak, Poxolcha va choriq haqida to’liq ma’lumot oling

Qadim zamonda pufak, poxolcha na choriq bo‘lgan
ekan. Ular o‘rmonga o‘tin kesgani bormoqchi bo‘lishibdi, yo‘l yurib, yo‘l yursalar ham mo‘l yurib, daryo bo‘yiga yetishibdi-da, qanday o‘tishni bilolmay to‘xtab qolishibdi.
Chipta kavush pufakka debdi:
Pufak, kel, sening ustingda suzib o‘tamiz!
Yo‘q. choriq, yaxshisi poxolcha bu qirg‘oqdan u qirg‘oqqacha cho‘zilsin, biz, esa uning ustidan lip etib o‘tib olamiz.
Poxolcha cho‘zilibdi. Choriq uning ustidan uch-to‘rt qadam yurgan ham ekanki, poxolcha sinib ketibdi. Choriq shalop etib suvga tushibdi. Buni ko‘rib pufakcha qotib-qotib kulgan ekan, paq etib yorilib ketibdi!

Malumotlar
Poxolcha va choriq, Pufak