Psoriaz kasalligi — sabablari, belgilari, davolash va oldini olish usullari haqida malumot
Psoriaz (tanga-tanga temiratki) bu — surunkali yuqumsiz kasallik bo‘lib, teri, tirnoqlar va bo‘g‘imlardagi o‘zgarishlar bilan xarakterlanadi.
Oddiy xalq orasida bu kasallik qo‘tirli temiratki, qichima deb ham ataladi. Teri kasalliklari ichida og‘ir va o‘jar dard hisoblanadi.
Psoriaz xastaligi nafaqat teri kasalligi, balki organizmning umumiy kasalligi bo‘lib, ichki a’zolarning ham shikastlanishi kuzatiladi. Kasallikda asab tizimi, endokrin tizim va jigarda o‘zgarishlar kuzatiladi.
Psoriaz bilan kasallangan bemorlar terisida monomorf toshmalar (och qizil rangli) paydo bo‘ladi. Terining shu sohasida qichishish belgilari ham kuzatiladi. Psoriaz bemorga psixologik jihatdan noqulayliklar tug‘diradi. Bo‘g‘imlarda kuzatiladigan psoriazli artrit kasalligi homilaning zararlanishi yoki homilaning nobud bo‘lishi bilan ham yakunanishi mumkin.
Psoriaz aholining tahminan 2% foizida kuzatiladi. Ayol va erkaklarda uchrash foizi bir xil.
Kasallik ob-havoga ham bog‘liq. Yoz oylari ayrim bemorlarda psoriaz o‘choqlari butunlay so‘rilib ketadi. Ba’zilarida esa quyosh nurlari ta’sirida kasallikning qo‘zg‘alishi kuzatiladi. Uchinchi guruh bemorlarda bahor va kuz oylarida kasallik qo‘zg‘alishi kuzatiladi.
Psoriazning paydo bo‘lish sabablari
Psoriazning kelib chiqish sabablari hali ham oxirigacha o‘rganilmagan. Asosiy sabab bo‘lib, irsiy omillar hisoblanib kelinmoqda. Etiologik faktori qilib, viruslar ko‘rsatiladi, lekin hali bu virusning turi ham aniqlanmagan. Hozirgi kunda multifaktor kasallik bo‘lib hisoblanadi.
Psoriaz qo‘zg‘alishiga quyidagi omillar sabab bo‘lishi mumkin:
Psoriaz belgilari
Psoriazning birinchi klinik belgisi bu teridagi pushti, qizil rangli ustidan yumshoq kumushrang-oqish tangachalar bilan qoplangan toshmalar hisoblanadi.
Toshmalar boshning sochli qismida ham kuzatilishi mumkin. Dog‘lar atrofidagi teri biroz qizaradi. So‘ngra dog‘ asta-sekin kattalashib boradi. Dog‘lar bir — biriga qo‘shilishga moyil bo‘ladi. Dog‘lar ko‘pincha simmetrik tarzda joylashib, qo‘l-oyoqlarning tashqi sathida uchraydi. Davriy ravishda qatqaloqlar hosil qiladi. Bu dog‘lar ko‘pincha terining ko‘p ishqalanadigan sohalarida kelib chiqadi. Masalan: yuz terisi, jinsiy a’zolar sohasida, tabiiy burmalar atrofida, dumbalar sohasida.
Asosiy tashxis uchun psoriaz triadasi asosiy omil hisoblanadi: stearinli toshma, terminal plyonka va nuqtali qon ketishlar. Psoriaz yildan yilga son jihatdan ko‘payib boradi. Terida hosil bo‘lgan toshmalar asosan tizza va tirsak bo‘g‘imlarida, tananing sochli qismlarida, boshda joylashadi. Psoriaz rivojlanishining keyingi bosqichlarida toshmalarning hosil bo‘lish tezligi kamayadi, chegaralari aniq ajraladi, teridagi shu soha ko‘k rangli tusda ko‘rinadi. Psoriaz toshmasi kattalashishi to‘xtagandan so‘ng uning atrofida psevdoatrofik halqa (Voronov halqasi) paydo bo‘ladi. Agar psoriaz o‘z vaqtida davolanmasa, toshmalar kattalashadi. Agar psoriaz terida chuqur kirib borgan bo‘lsa, terining shu sohasi depigmentatsiyasi asorati qolishi mumkin.
Ekssudatli psoriazning oddiy psoriazdan farqi shuki, bunda hosil bo‘lgan toshmadan ekssudatli suyuqlik ajraladi. Teri nam bo‘ladi. Ekssudatli psoriaz bilan ko‘proq qandli diabet, qalqonsimon bez funksiyasining kamayishi va tana massasi ortiqcha insonlar kasallanadi. Bemorlarda psoriazning bu turida jarohatlangan sohada qichishish holati kuzatiladi.
Og‘ir mehnat sharoitida ishlaydigan insonlarda ko‘proq qo‘lning panja sohasida psoriaz kuzatiladi. Kasallikning pustullez turi bittagina toshmadan boshlanadi. Artritli holatida ko‘proq artralgik belgilar kuzatiladi. Birinchi navbatda barmoqning kichik bo‘g‘imlari, keyinchalik yirik bo‘g‘imlar, umurtqalararo bo‘g‘imlar zararlanadi. Keyinchalik esa osteoporoz belgilari yuzaga keladi.
Toshmaning paydo bo‘lishida neyroendokrin va vegetodistonik o‘zgarishlar natijasida yuzaga keladi. Bazi kasallarda astenik sindrom, mushaklar atrofiyasi, ichki organlar buzilishi va immun tanqisligi belgilari yuzaga kelishi mumkin.
Psoriaz diagnostikasi
Dermatolog shifokor bemorning shikoyatlari va tashqi tekshiruvlar asosida tashxis qo‘yadi. Keyinchalik terining psoriaz sohasida toshmaning plyonkasi ko‘chishni boshlaydi. Terining shu sohasi nam, nuqtali qon ketishlar kuzatiladi. Psoriazning atipik formasini sifilis papullasi va boshqa kasalliklardan farqlash zarur. Gistologik tekshiruvlarda giperkeratoz, derma qavatining donodor qavati yo‘qolishi, neytrofillarning ko‘plab to‘planishi kuzatiladi. Shu sohada mikroabsses yuzaga kelishiga sabab bo‘ladi.
Psoriazni davolash
Psoriazni davolash uchun kompleks davo usullari qo‘llaniladi. Ish rejimi va dam olish vaqti, gipoallergen diyeta, fizikaviy va emotsional zo‘riqishlardan saqlanish zarur.
Tinchlantiruvchi dori vositalaridan valerianing qaynatmasi tavsiya etiladi. Bu esa qonga adrenalin ajralishini kamaytiradi. Antigistamin dori vositalari shishlarni oldini oladi. Tavegil, Fenistil, Klartidin, Telfast bemorlarda uyquchanlik chaqirmaydi va kam miqdorda nojo‘ya ta’sirlarga ega. Bundan tashqari shishlarning oldini olish uchun diuretiklarni qo‘llash tavsiya etiladi. Agar artralgik belgilar kuzatilsa, og‘riqni qoldirish uchun Ortofen, Naproksen preparatlari qo‘llaniladi. Agar bo‘g‘imda chuqur o‘zgarishlar kuzatiladigan bo‘lsa, bo‘g‘imlarga punksiya qilinadi va betametazon, triamsinalon dori vositalari yuboriladi.
Fizioterapevtik davolash usullariga ultabinafsha nurlar bilan davolash qo‘llaniladi. Bundan tashqari lazer orqali va fototerapiya usuli qo‘llaniladi. Psoriazni davolash uchun salitsil, retin, bensalitin mazlarini ham qo‘llash maqsadga muvofiqdir. Psoriaz davosining so‘ngi bosqichlarida tiklovchi krem vositalari degter, ixtiol, naftalin mazlari qo‘llaniladi. Bundan tashqari psoriazning barcha ko‘rinishlarida steroid kremlarni qo‘llash tavsiya etiladi. Davolanishning sanator-kurort davrida sulfid va radonli manbalar yaxshi yordam beradi.
Psoriazni oldini olish
Psoriazning oldini olishning maxsus chorasi yo‘q. Kasallikdan o‘tganidan so‘ng tinchlantiruvchi dori vositalari, vitaminlar yaxshi yordam beradi.
Maqola 17.04.2018 sanasida yangilandi.
Kasalliklar
belgilari, davolash va oldini olish usullari, Psoriaz kasalligi — sabablari