PSIXOFIZIKA

PSIXOFIZIKA

PSIXOFIZIKA — qoʻzgʻatuvchining kuchi bilan undan paydo boʻladigan sezgi darajasi oʻrtasidagi miqdoriy munosabatni oʻrganuvchi psixologiya tarmogʻi. 19-a. ning 2yarmida G. Fexner asos solgan. Sezgi chegarasini, yaʼni inson sensor sistemasidagi sezuvchanlikning oxirgi nuqtasini oʻlchash (Veber-Fex-ner qonuni va b.) va psixofizik shkalalar tuzish (S. Stivene va b.) masalalarini oʻz ichiga oladi.

Ensiklopediya.uz
PSIXOFIZIKA