PROYEKSIYA
PROYEKSIYA (lot. projectus — oldinga irgʻitilgan) — biror narsaning tekislik (qogʻoz)ga tushirilgan tasviri. Mas, fazodagi A nuqtani Pʻ tekisligiga proyeksiyalash uchun Proyeksiya markazi S orkali Pʻ tekislik bilan L nuqtada ke-sishguncha SA toʻgʻri chizigʻi oʻtkaziladi. Aʻ nuqta A ning Proyeksiyasi deyiladi. Biror Gʻ shaklning proyeksiyasi uning barcha nuqtalarini proyeksiyalab topiladi. Proyeksiya markazidan oʻtmaydigan toʻgʻri chiziq koʻrinishida proyeksiyalanadi. Hosil qilingan Proyeksiya markaziy yoki konus P. deyiladi.
Ensiklopediya.uz
PROYEKSIYA