PROTOYULDUZ
PROTOYULDUZ — yulduzlar evolyu-siyasining eng boshlangʻich gravitatsion kollapelanuvchi bosqichi; markazida hali termoyadro reaksiyalari boshlanmagan davrdagi fizik holat. Oddiy holda magnit maydoni juda kichik va oʻz oʻqi atrofida deyarli aylanmaydigan Protoyulduzning sferik kollapsi har tomonlama toʻla oʻrganilgan. Gaz va chang aralashmasidan iborat Protoyulduz kollapsining boshi (markaz) da tezda oʻzak vujudga keladi. Bunda Protoyulduzning qaysi qismi zich boʻlsa, oʻsha yerda kollaps tezlashib, natijada Protoyulduz zich oʻzak va nisbatan keng qobiqqa ajraladi. Protoyulduz qobigʻining oʻzakka tushib borishi davom etib, markazda t-ra va bosim ortadi. Natijada Protoyulduz in-fraqizil nurlanish manbaiga aylanadi. Protoyulduz oʻzagida t-ra taxm. mln. gradusga yetganida deyteriy, litiy va bor ele-mentlari yona boshlab, unda birinchi yadro reaksiyalari sodir boʻladi. Bu ele-mentlar miqdori kamligi sababli Protoyulduzning gravitatsion siqilishi davom etaveradi. Protoyulduz markazida t-ra ~107 gradusga yetishi bilan vodorod yona boshlay-di va u yulduzga aylanadi.
Ensiklopediya.uz
PROTOYULDUZ