PROTON
PROTON (yun. protos — birinchi) , r — musbat elektr zaryadi u=1,602191710~» Kl ga ega barqaror elementar zarra. Tinch holatdagi massasi tr = 1,672610~27 kg ga, spini 1/2 ga va magnit momenti sr=2,792782 syad ga (syad — yadro magneto-ni) teng. Proton kuchli, elektromagnit, kuch-siz va gravitatsion oʻzaro taʼsir ja-rayonlarida qatnashadi va u barionlar sinfiga kiradi; Fermi — Dirak statistikasiga boʻysunadi. U vodorodning eng yengil izotopi — protiyning yadrosi hisoblanadi.
Ensiklopediya.uz
PROTON