PROTEIDLAR

PROTEIDLAR

PROTEIDLAR (yun. protos — birinchi) , oddiy oqsil — protein va oqsil boʻlmagan komponentlardan ibo-rat murakkab oqsillar. Koʻpincha pros-tetik guruh deb ataladi. Oqsil boʻlmagan komponentlarning tabiatiga koʻra, Proteidlar quyidagi guruhga: glikoproteidlar, lipoproteidlar, nukleoproteidlar, metalloproteidlar, fosfoproteidlar, xromoproteidlarga boʻlinadi. Organizmning hayot faoliyatida muhim ahamiyatga ega. Koʻpincha fermentlar, oqsillar, toʻqimalar, hujayralar, qon zardobi, sut, tuxum, viruslarning anchagina qismi, koʻpgina gormonlar va b. P. ga mansub (yana q. Oqsillar).

Ensiklopediya.uz
PROTEIDLAR