Prostatit kasalligining sabablari, belgilari va turlari

Prostatit kasalligining sabablari, belgilari va turlari

Prostatit kasalligining sabablari, belgilari va turlari

DO`STLARGA ULASHING:

Prostata bezi faqat erkaklarda bo‘ladi va qovuqning pastki qismida joylashgan. Prostatit – bu prostata bezi yallig‘lanishi.

Prostata bezini ko‘pincha erkaklarning “ikkinchi yuragi” deb atashadi, chunki prostata bezi organizmda ko‘plab zarur funksiyalarni bajaradi.

Prostata bezi funksiyalari

1. Sperma bir qismini tashkil qiladigan suyuqlik ishlab chiqaradi;

2. Testosteronni uning faol shakli – digidrotestosteronga aylantiradi;

3. Qovuq bo‘yni mushaklari bilan birgalikda ichki sfinkterni hosil qiladi, bu o‘z-o‘rnida siyish jarayonini boshqaradi.

4. Orgazm hissiyotini paydo qilishda qatnashadi.

Prostatitning birinchi belgilari

Prostatit belgilari: tez-tez siyish, siyganda achishish va og‘riq bo‘lishi, qiynalib siyish, siygandan keyin qovuq to‘la bo‘shamaganlik hissiyoti, dumg‘aza va kindik ostida, bel sohasida og‘riq bo‘lishi.

Prostatit qachon boshlanadi?

U yoki bu shaklda prostatit 30 yoshdan katta erkaklarning yarmidan ko‘pida bo‘ladi. Prostatit 18–20 yoshdagi yosh erkaklarda ham kuzatilishi mumkin.

Prostatit sabablari:

  • Surunkali sovuqda bo‘lish, xala bo‘lish;
  • Uzoq va surunkali vaqtida siymaslik;
  • Jinsiy hayot muntazamligi buzilishi (uzoq vaqt jinsiy aloqa qilmaslik, jinsiy hayot muntazam emasligi);
  • Notanish ayollar bilan saqlanmay jinsiy aloqa qilish;
  • Kamharakat hayot tarzi, kichik tos a’zolarida qon va limfa oqishini buzilishi;
  • Infeksion kasalliklar;
  • Chekish va alkogol;
  • Jarohatlar;
  • Gormonal buzilishlar;
  • Immunitet faoliyati buzilishi;

Prostatit turlari:

Bakterial prostatit-prostata bezini kasallik keltirib chiqaruvchi mikroorganizmlar: ichak tayoqchasi, ko‘k yiring tayoqchasi, protey, klebsella, tillarang stafilokokk.

Bu bakteriyalarning ko‘pchiligi – inson organizmining normal mikroflorasi bo‘lib, ular ichakda va terida yashaydi.

Bu bakteriyalar prostata bezi to‘qimasiga kirib olgach yallig‘lanish keltirib chiqarishi mumkin. Ko‘pincha bu bakteriyalar prostata beziga qovuq va siydik kanali orqali, ichaklardan qon tomirlar orqali kirishi mumkin.

Prostatit kasalligining sabablari, belgilari va turlari
Prostatit kasalligining sabablari, belgilari va turlari

Bakterial prostatit belgilari:

  • Isitma va qaltirash;
  • Bel, dumg‘aza, qov sohasida og‘riq;
  • Siyishda og‘riq, achishish, tez-tez siyish, qovuq siygandan keyin bo‘shamaganlik sezgisi;
  • Og‘riqli eyakulyatsiya
  • Shaxvat pasayishi;
  • Ereksiya sifati pasayishi;

Agar sizda shu belgilarning birontasi kuzatilsa albatta Androlog mutaxassis qabuliga boring. O‘tkir prostatitda tezkor diagnostika va davo qilinishi kerak.

Surunkali prostatit odatda o‘tkir prostatit asorati hisoblanadi.

Yana surunkali prostatitga siydik yo‘li kateterizatsiyasi, boshqa a’zolardagi infeksiyalar, siydik va tanosil a’zolari jarohati sabab bo‘lishi mumkin.

Surunkali prostatit belgilari:

  • tez-tez siyish;
  • siyishda achishish va og‘riq;
  • oraliq va tosda og‘riq;
  • kechasi siyish ko‘payishi;
  • qiynalib siyish;
  • spermada qon bo‘lishi;
  • og‘riqli eyakulyatsiya;
  •  tana harorati biroz ko‘tarilishi;
ЎҚИНГ:   Qachon o‘g‘il bolani kestirish (xatna qildirish) lozim?

Surunkali prostatit belgilari sekin-asta rivojlanadi. Kasallik qo‘zg‘alishi kasallik pasayib uyqu holatiga o‘tish davri bilan almashib turadi. Androlog ko‘rigiga borishni kechiktirmaslik kerak. Surunkali prostatitda kompleks va kvalifikatsiyali davo qilish kerak.

Surunkali bakteriyasiz prostatit sababi bir necha:

  • Qovuq siydikka to‘la bo‘lgan xolda og‘ir yuk ko‘tarish (siydik prostata beziga kirishi mumkin);
  • Tos mushaklari spazmi, natijada prostata bezida bosim ko‘tariladi;
  • Siydik tanosil a’zolarida anatomik buzilishlar, masalan, siydik kanali torayishi;
  • Prostata bezi doimiy jarohatlanishi;

Surunkali va bakteriyasiz prostatit belgilari o‘xshash. Bu prostatitlarni faqatgina laborator tekshirishlardagina farqlab olish mumkin.

Diqqat!

Prostatit belgilari shunday xavfli kasalliklar, masalan, sistit, qovuq raki va prostata bezi o‘smasi kasalliklariga o‘xshab ketadi.

O‘z vaqtida diagnostika qilish va zarur muolajalarni qilish uchun Androlog mutaxassis qabuliga vaqtida borish kerak.

Eng zaruri!

Prostatit sababi infeksiya bo‘lishi mumkin. Lekin kamharakatlilik va zararli odatlar ham sabab bo‘lishi mumkin.

Androlog mutaxassisga vaqtida borish aniq va to‘g‘ri tashxis qilish va tez-tez siyish, jinsiy hayotda og‘riq va qiyinchiliklar bilan bog‘liq bo‘lgan noxush belgilar yuzasidan to‘g‘ri davo tanlash va shu noxushliklarni yo‘qotish imkonini beradi.

belgilari va turlari, Prostatit kasalligining sabablari