Prostatit haqida
Prostatit – bu prostata bezining yallig’lanish jarayonidir. Statistikaga murojaat qiladigan bo’lsak, bu kasallik barcha erkaklar urologik kasalliklarining taxminan 10 foizini tashkil etishini tushunish mumkin.
Prostatit – bu prostata bezining yallig’lanish jarayonidir. Statistikaga murojaat qiladigan bo’lsak, bu kasallik barcha erkaklar urologik kasalliklarining taxminan 10 foizini tashkil etishini tushunish mumkin.
Prostata nima?
Prostatit — bu faqat erkak organizmining kasalligi hisoblanadi, chunki prostata faqat erkaklarda mavjud organdir. Bu bezli organ bo’lib, u juft bo’lmagan, qovuq ostida, siydik chiqarish nayining (uretra) boshlanishini o’rab turgan holda joylashgan. Bu yerda prostata kanallari ham joylashgan. Ereksiya sodir bo’lganda, prostata kattalashadi, buning natijasida u uretrani toraytiradi va shu bilan siydikning shahvat suyuqligi bilan aralashishini oldini oladi. Bu uning asosiy mexanik funksiyasidir. Kimyoviy funksiyasi esa sperma tarkibidagi suyuqlikni sintez qilishdir. Prostata bezining faoliyati gipofiz, buyrak usti bezi va jinsiy bezlar gormonlari kabi bir qancha gormonlar tomonidan boshqariladi.
Prostatitning sabablari
Prostatitning infeksion va infeksion bo`lmagan turlari bo`lib, barchasi unga nima sabab bo’lganiga bog’liq. Ko’pgina hollarda prostatit rivojlanishiga bir necha omillar birgalikda sababchi bo`ladi. Kasallikning infeksion turi organizmdagi boshqa yuqumli jarayonlarida yoki jinsiy yo`l bilan yuqadigan infeksiyalar bilan kasallanganda bakteriyalar prostata beziga o`tishi tufayli rivojlanadi. Ko’pgina hollarda, bu qo`zg`atuvchi organizmning o`z muhitidagi bakteriyalar, masalan, ichak tayoqchasi bo`lishi mumkin. Infeksion bo`lmagan prostatit harakatsiz turmush tarzi, uzoq vaqt davomida jinsiy faoliyatning yetishmasligi, turli shikastlanishlar, immunitetning pasayishi, sovqotish tufayli rivojlanishi mumkin. Ich qotishi va ichaklar faoliyatining boshqa kasalliklari ham bez yallig’lanishi rivojlanishiga yoki unga ichak tayoqchasi o`tishiga ta’sir qilishi mumkin.
Prostatitning tasnifi
Prostatit o’tkir, surunkali shakllarda namoyon bo`lishi mumkin. Ularning nafaqat namoyon bo’lish xususiyatlari, balki belgilangan davolash usullari ham farqlanadi. Shuningdek, prostatit asoratli va asoratlanmagan bo`lishi mumkin. Prostatit asoratlariga quyidagilarni kiritish mumkin: absess, toshlar, siydik yo’llari infeksiyalari (sistit, piyelonefrit), sepsis.
Prostatitning belgilari
O’tkir prostatit: tashxis va alomatlar
Prostatitning o’tkir turi keng tarqalmagan, lekin ayni paytda kasallikning juda og’ir shakli hisoblanadi. Kasallikning boshlanishi keskin, to’satdan bo`ladi. E’tibor berish kerak bo’lgan birinchi belgilar:
- Tana haroratining ko’tarilishi, shuningdek, sonlar orasidagi va qo’ltiq ostidagi harorati keskin farq qilishi mumkin.
- Sonlar orasida, qorinning pastki qismida og’riqlar bo`lishi, og`riq shuningdek, bel yoki orqa chiqaruv teshigi sohasiga ham o`tishi mumkin.
- Dizuriya (peshob chiqarishning buzilishi) turli xil bo`lishi mumkin. Og’riqli peshob kelishi yoki nikturiya (tunda ko`p miqdorda peshob kelishi) eng ko’p uchraydi.
- Tana intoksikatsiyasi, kuchli holsizlik, lohaslik, mushaklar og’rig’i, bosh og’rig’i, charchoq.
Infeksiyaning boshqa organlarga tarqalishi ehtimoli tufayli, kasallik sistit, pielonefrit va og’ir holatlarda, immunitetning pasayganda — sepsis kabi ko’plab asoratlarni keltirib chiqarishi mumkin.
Kasallikka shifokor tomonidan bemorning shikoyatlari asosida prostata bezi qo`l bilan tekshirilganda tashxis qo`yiladi, tekshiruv davomida uning hajmi aniqlanadi. Laboratoriya tekshiruvlari ham shifokor tomonidan belgilanadi: qonning umumiy tahlili, siydikning umumiy tahlili, yallig’lanishning o’tkir bosqichida oqsil miqdori haqida ma’lumot olish uchun qonning biokimyoviy tahlili. Qaysi dori vositalari kasallik bilan eng yaxshi kurashishini aniqlash uchun bakterioskopiya va antibiotiklarga sezuvchanlikni tekshirish uchun uretradan surtma olinadi. Kasallikning o’tkir turida prostata bezini qo`l bilan tekshirilmaydi, chunki bu infeksiyaning tarqalishiga olib kelishi mumkin va kasallikni aniqlash UTT yordamida amalga oshiriladi. Agar shifokor abssess borligiga shubha qilsa, MRT yoki KT tekshiruvlarini buyurishi mumkin.
Surunkali prostatit: tashxis va alomatlar
Surunkali prostatit kasallikning o’tkir turidan farq qiladi. Kasallik odatda sekinlik bilan, klinik belgilarsiz rivojlanadi, noqulaylik tug’dirmaydi va bemor darhol shifokorga murojaat qilmaydi. Ko`pincha bemorlar surunkali prostatitni o`tkazib yuborishadi va uni davolash qiyin yoki imkonsiz bo’ladi. Quyidagi alomatlar surunkali prostatit belgilari bo’lishi mumkin va ularga vaqtida e`tibor qaratish lozim:
- oraliq, chov va qov tepasidagi og`riq;;
- prostataning kattalashishi bilan bo`liq peshob chiqarishning buzilishi, tez-tez og`riqli peshobga chiqish;;
- jinsiy tomondan buzilishlar — ereksiya susayishi, urug` chiqarish buzilishi, jinsiy istakning pasayishi;
- tananing umumiy intoksikatsiyasi: lohaslik, charchoq, holsizlik, mushaklarda, bo’g’imlarda og’riq;
- bemor ruhiy holatining buzilishi: apatiya, asabiylashish, jahldorlik.
Kasallik kuchayganda alomatlar ham kuchayadi, remissiya holatida esa belgilar butunlay yo`qolishi ham mumkin. Bemor sovqotganda yoki virusli infeksiyalar va ortiqcha energiya sarflanishi tufayli immunitetning pasayganda kasallik kuchayishi mumkin.
Surunkali prostatit shifokor ko`rigi va laboratoriya tahlillari orqali aniqlanadi. Shifokor siydik va qon tahlili, uretradan olingan surtma bakterioskopiyasini, prostata massaji orqali olingan prostate suyuqligi mikroskopiyasini buyuradi. Prostata bezini ko’rikdan o`tkazish uchun UTT buyuriladi.
Prostatit qanday davolanadi?
Davolashning maqsadi prostata faoliyatini normallashtirish va yallig’lanish bilan kurashishdir. O’tkir va surunkali prostatit turlicha davolanadi. Davolash samarali bo’lishi uchun kompleks va izchil yondashuv talab etiladi.
O’tkir prostatitni davolash
O’tkir prostatit asosan antibiotiklar bilan davolanadi, bu juda tez kerakli natijani beradi. Ushbu dori vositalari bakterioskopik tahlildan so`ng darhol buyuriladi. Ko’pincha, kengroq ta’sirga ega antibiotiklar buyuriladi, tahlildan so’ng, agar kerak bo’lsa, davolanishga o`zgartirishlar kiritiladi. Prostatitda prostata to’qimalariga kira oladigan preparatlar qo’llaniladi, bular ftorxinolonlar va makrolidlardir. Terapiyadan bir necha kun o’tgach yaxshilanishlar seziladi, ammo maksimal ta’sirga erishish uchun uni kamida bir oy davom ettirish kerak.
Agar bemorda varaja va ahvol og`ir, shuningdek, kuchli og’riqlar kuzatilsa, og’riq qoldiruvchi va isitma tushiruvchi preparatlar buyuriladi.
Peshob chiqarishni yaxshilash uchun bemor kuchli og’riqni his qilmayotgan bo`lsa shifokor diuretiklarni buyuradi, Peshob chiqarishda toksinlar va yallig’lanish qoldiqlari tanadan chiqariladi, shuning uchun bu jarayon muhim hisoblanadi.
Maxsus dori vositalari yordamida prostata faoliyatini to`xtatib turish mumkin, bu uning tiklanishiga yordam beradi.
Agar bemor yaxshi davolansa, o’tkir prostatitdan asoratlarsiz tuzalish mumkin. Aks holda, asoratlar va kasallikning o’tkir turini surunkali holatga o’tkazish xavfi mavjud.
Surunkali prostatitni davolash
Surunkali prostatitni davolash qiyin, shuning uchun ehtiyotkorlik bilan yondashish kerak. Davolash shifoxonada o’tkazilmaydi, lekin u uzoq vaqt davom etadi, bir oydan ikki oygacha. O’tkir va surunkali prostatitni davolash ko’p holatlarda o`xshab ketadi, masalan, antibiotiklar, og’riq qoldiruvchi vositalar va yallig’lanishga qarshi dorilarni buyurishda. Bemorda psixo-emotsional muammolar paydo bo’lishi mumkin, ularni tuzatish uchun antidepressantlar buyuriladi.
Surunkali prostatitni davolashga e’tiborni kuchaytirish prostata bezining funksiyalari va tuzilishini tiklashni talab qiladi. Surunkali turdagi yallig’lanish jarayoni erkak a`zosining tuzilishiga kuchli ta’sir qiladi, bezli to’qimalar ishdan chiqadi va biriktiruvchi bilan almashadi, oqibatda maxsus suyuqlik (sekret) ajralmaydi. To’qimalar almashishining oldini olish uchun fizioterapiya (magnitoterapiya, elektr stimulyatsiyasi) qo’llaniladi.
Surunkali prostatitni davolash uchun barmoq bilan prostatani massaj qilish tavsiya etiladi, u orqa chiqaruv teshigi orqali amalga oshiriladi. Shunday qilib, qon aylanishi va sekretsiya ishlab chiqarilishi rag’batlantiriladi, ammo bunday massaj faqat remissiya davrida va muayyan vaqt davomida amalga oshiriladi, Kasallikning o’tkir bosqichida massaj taqiqlanadi, chunki u infeksiyaning tarqalishiga olib keladi. Massajdan oldin shifokor prostatada toshlar yo’qligiga ishonch hosil qilish uchun UTT buyuradi. Kalkulyoz prostatitda har qanday mexanik harakatlar taqiqlanadi.
Surunkali tos og’rig’i sindromi
Surunkali tos a’zolaridagi og’riq sindromi surunkali prostatitning bir turi bo’lib, unda kasallik belgilari paydo bo’lmaydi. Siydik tahlilida leykosituriya va bakteriuriya aniqlanadi. Vaqti-vaqti bilan kuchsiz og`riqlar bo’lishi mumkin. Bunday holat simptomlarning yo’qligi bilan xavflidir, chunki bemorlar kichik belgilarga e’tibor bermaydilar va shifokorga juda kech murojaat qilishlari mumkin. Ammo prostatitning bu turi boshqalari kabi xavflidir, shuning uchun jiddiy munosabat va davolanishni talab qiladi.
Agar bemorda qov ustidagi sohada og’riqlar bo’lsa, u holda aniq tashxis qo’yishga yordam beradigan tekshiruvlardan o’tish kerak. Bunday og’riqlar prostata adenomasi kabi boshqa kasalliklarning alomati bo’lishi mumkin.
Kerakli ma’lumot topmadingizmi?
Bizga Telegramda yozing, biz sizga shifokor topib, qabuliga yozib beramiz
Xavfli jihatlari
Agar prostatitni davolashni ortga surilsa, kasallikning surunkali shakli va asoratlari rivojlanishi xavfi yuqori bo’ladi, masalan:
- prostata bezi abssessi;
- sistit;
- pielonefrit;
- urug’ pufakchasida yallig’lanish jarayoni.
Surunkali prostatit bepushtlikka olib keladi.
Xavf guruhi
Kasallikka chalinish xavfi ostidagilar:
- gomoseksuallar;
- surunkali kasalliklarga chalingan bemorlar;
- nofaol turmush tarzini olib boradigan bemorlar;
- 40 yoshdan oshgan bemorlar.
Erkaklarda prostatit profilaktikasi
Profilaktik chora sifatida shifokorlar quyidagilarga amal qilishni tavsiya etadilar:
- Axlat chiqarish bilan bog’liq muammolarga olib kelmaydigan maxsus parhezga rioya qiling. Ich qotishi bakteriyalarning prostata beziga kirishiga olib kelishi mumkin. Ratsionda achchiq ovqatlar va ziravorlar istisno qilinadi, chunki ular prostata to’qimasini ishdan chiqarishi mumkin.
- Jinsiy hayotning muntazamligi prostata bezi salomatligining muhim jihati hisoblanadi, chunki u prostatada tiqilish bo`lmaydi.
- Jismoniy faollik, o’zingiz uchun sport bilan shug’ullanish qon oqimini yaxshilash va qon quyuqlashishining oldini olishga yordam beradi. Shifokorlar, ayniqsa, harakatsiz ishda ishlaydigan odamlarga jismoniy faoliyatni tavsiya qiladilar.
Prostatit qayerda davolanadi?
Kasallikni davolash va tashxislash uchun klinikani tanlashda siz saytda ko’rsatilgan sharhlar va reytinglarni o’qishingiz mumkin. Ularning yordami bilan siz tibbiy muassasa haqida batafsil ma’lumot olishingiz mumkin. Siz ma’lum bir klinikani topish uchun qidiruvdan foydalanishingiz mumkin, shuningdek, u haqida va u yerda ishlaydigan shifokorlar haqida barcha ma’lumotlarni ko’rishingiz mumkin.
Ushbu maqola faqat tanishish maqsadida joylashtirilgan va ilmiy material yoki professional tibbiy maslahat emas.
Prostatitni davolovchi shifokorlar
Venereolog, Dermatolog, Urolog
Tajriba 33 yil · Oliy toifali shifokor
-
Urolog birinchi konsultatsiyasi
200 000 so’m -
Urolog takroriy konsultatsiyasi
100 000 so’m
Qabul turi
Klinikada
200 000 so’m
Mirzo-Ulug’bek tumani, Mustaqillik Shoh Ko’chasi 59А
Mo’ljal: Hamid Olimjon metro bekati
Klinikada shifokorni qabul qilish vaqti
Dushanba — Shanba 08:30-13:00
Androlog, Urolog
Tajriba 32 yil · Birinchi toifali shifokor
-
Urolog birinchi konsultatsiyasi
200 000 so’m -
Urolog takroriy konsultatsiyasi
100 000 so’m
Qabul turi
Klinikada
200 000 so’m
Yashnobod tumani, Maxtumquli ko`chasi, 105
Mo’ljal: eski ToshMI
Klinikada shifokorni qabul qilish vaqti
Dushanba — Shanba 08:00-14:00
Olmazor tumani, Beruniy ko`chasi, 1, qavat 1
Mo’ljal: kinoteatr «Guncha», «Registon» restorani yonida — 9 -qavatda. n bino
Klinikada shifokorni qabul qilish vaqti
Ish vaqti belgilanmagan
Mirobod tumani, Afrosiyob ko`chasi, 12B
Mo’ljal: «Angel’s Food» kafesi «Aybek» metro bekati
Klinikada shifokorni qabul qilish vaqti
Dushanba — Shanba 12:00-16:00
Androlog, Urolog, Seksolog
Tajriba 25 yil · Oliy toifali shifokor
Qabul turi
Klinikada
150 000 so’m
Olmazor tumani, Usta Olim ko`chasi, 15 uy
Mo’ljal: Toshkent restorani
Klinikada shifokorni qabul qilish vaqti
Dushanba — Shanba 08:00-15:00
Urolog
Tajriba 27 yil · Oliy toifali shifokor
-
Urolog birinchi konsultatsiyasi
200 000 so’m -
Urolog takroriy konsultatsiyasi
150 000 so’m -
Urolog birinchi konsultatsiyasi
220 000 so’m -
Urolog takroriy konsultatsiyasi
180 000 so’m
Qabul turi
Klinikada
200 000 so’m
Qabul turi
Klinikada
220 000 so’m
Chilonzor tumani, Chilonzor-1, 5/1
Mo’ljal: Shahar prokuraturasi ro‘parasida, 66-maktab yonida
Klinikada shifokorni qabul qilish vaqti
Ish vaqti belgilanmagan
Mirzo-Ulug’bek tumani, Tantan ko’chasi, 1-uy
Mo’ljal: Bolalar suyak-sil kasalligi sanatoriysi (sobiq Krupskaya), TTZ
Klinikada shifokorni qabul qilish vaqti
Dushanba, Seshanba, Chorshanba, Payshanba 08:00-15:00
Androlog, Urolog
Tajriba 9 yil
-
Urolog birinchi konsultatsiyasi
130 000 so’m -
Urolog takroriy konsultatsiyasi
100 000 so’m -
Urolog birinchi konsultatsiyasi
150 000 so’m -
Urolog takroriy konsultatsiyasi
narx so’rov bo’yicha
Qabul turi
Klinikada
130 000 so’m
Qabul turi
Klinikada
150 000 so’m
Chilonzor tumani, Cho’pon Ota ko`chasi, 18/19
Mo’ljal: Chilonzor IIBB
Klinikada shifokorni qabul qilish vaqti
Dushanba, Payshanba 18:00-07:00
Shayxontohur tumani, Alisher Navoiy ko’chasi, 10
Mo’ljal: Urda chorraxasi, Trast bank ro’parasida
Klinikada shifokorni qabul qilish vaqti
Dushanba — Shanba 08:30-15:00
Qabul turi
Klinikada
100 000 so’m
Olmazor tumani, Farobiy ko`chasi, 3A
Mo’ljal: yangi ToshMI hududida
Klinikada shifokorni qabul qilish vaqti
Dushanba — Shanba 08:30-13:00
Yunusobod tumani, Mevazor ko`chasi, 5/14
Mo’ljal: Respublikanskiy Perinatalnoy Sentr, Detskaya klinika TashPMI
Klinikada shifokorni qabul qilish vaqti
Dushanba — Shanba 08:00-14:00
Uchtepa tumani, Faziltepa ko`chasi, 21
Mo’ljal: Uchtepa tumani hokimligi
Klinikada shifokorni qabul qilish vaqti
Ish vaqti belgilanmagan
Qabul turi
Klinikada
120 000 so’m
Yunusobod tumani, Mevazor ko`chasi, 5/14
Mo’ljal: Respublikanskiy Perinatalnoy Sentr, Detskaya klinika TashPMI
Klinikada shifokorni qabul qilish vaqti
Dushanba — Shanba 08:00-15:00
Olmazor tumani, Usta Olim ko`chasi, 15 uy
Mo’ljal: Toshkent restorani
Klinikada shifokorni qabul qilish vaqti
Dushanba — Shanba 08:00-15:00
Kerakli ma’lumot topmadingizmi?
Bizga Telegramda yozing, biz sizga shifokor topib, qabuliga yozib beramiz
Foydali ma’lumot
Analizlar
Med24.uz siz barcha laboratoriya tekshiruvlaridan o’tishingiz mumkin bo’lgan sizga yaqin atrofdagi klinikani tanlashda yordam beradi
Diagnostik markazlar
Med24.uz ixtisoslashtirilgan portali uyingiz yaqinidagi diagnostika markazini tanlashda yordam beradi
Shifokorlarning keng tarqalgan mutaxassisliklari
Keng tarqalgan tibbiy xizmatlar
Kerakli ma’lumot topmadingizmi?
Bizga Telegramda yozing, biz sizga shifokor topib, qabuliga yozib beramiz
Kasalliklar
Prostatit