Prostata bezi adenomasi haqida malumot
Bu kasallikning kelib chiqish sabablari hali to‘liq ma’lum emas. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, 50 dan oshgan erkaklarning deyarli yarmida, 65 dan o‘tgan erkaklarning 75 90 foizida prostata bezi adenomasi uchrar ekan. Demak, ushbu kasallikni yosh bilan bog‘lashimiz mumkin, biroq istisnolar har qayerda bo‘lgani kabi, so‘nggi yillarda hali ellikni qoralamagan kishilarda ham adenoma belgilari namoyon bo‘lmoqda. Bundan xulosa qilish mumkinki, ana shu yosh atrofida muntazam ravishda urolog nazoratidan o‘tib turish kerak. O‘zingiz yaxshi bilasiz, kasallikni davolagandan ko‘ra, oldini olgan yaxshi.
Prostata bezi adenomasi – prostata bezida paydo bo‘ladigan o‘sma. Avvaliga bir yoxud bir nechta tugun paydo bo‘ladi, u asta-sekinlik bilan o‘sib boradi, oqibatda prostata bezi orqali o‘tgan peshob chiqaruv kanali siqilib, bemor peshob chiqarishga qiynaladigan bo‘lib qoladi. Adenoma sekin rivojlanadigan kasallik, shuning uchun ham ko‘pincha bemorlar prostata bezidagi o‘zgarishdan bexabar bo‘lishadi, kasallikning ilk belgilariga esa beparvo qarashadi.
Kasallikning rivojlanish bosqichini uchga bo‘lish mumkin.
Birinchi bosqichda kasallik qovuq, yuqori peshob yo‘llari hamda buyrakning zahira imkoniyatlari hisobiga bir necha yil zo‘raymay, bemor holati barqaror bo‘lishi mumkin. Bemor kunduzlari peshob chiqarishga ko‘p qatnamasada, ammo chiqadigan peshob miqdori avvalgiday emas, balki kamroq bo‘ladi, peshob bir oz kutishdan keyin chiqadi. Kechqurunlari esa bemor ikki marta yoki undan ko‘proq uyg‘onib, peshob chiqarishga qatnaydigan bo‘lib qoladi. Ko‘pincha bemorlar bunday holatni yosh o‘tishi, uyqusizlikka yo‘yib adashadilar. Birinchi bosqich 1 2 yildan 10 12 yilgacha davom etishi mumkin.
Ikkinchi bosqichda kasallik belgilari ko‘proq namoyon bo‘la boshlaydi. Peshob birdaniga emas, to‘xtab-tuxtab, tomchilab chiqadigan bo‘ladi. Bu bosqich qovuq, yuqori peshob yo‘llari va buyrak faoliyatining buzilishi bilan tavsiflanadi. Qovuqda peshob yig‘ilib, uning miqdori 100 200 ml, ba’zida esa 300 500 ml.gacha yetishi mumkin. Kasallik zo‘rayganini peshob pufagi shilliq qavatining yallig‘langanidan, peshob chiqishi og‘riqli kechayotganidan bilsa bo‘ladi. Juda sovqotish, shamollash, qattiq holdan toyish, ruhiy stresslar, spirtli ichimliklar, jumladan, pivo iste’mol qilish kabi holatlar natijasida peshob chiqishi butkul to‘xtab qolishi mumkin.
Agar o‘z vaqtida davo choralari qo‘llanilsa, kasallikning birinchi bosqichi ikkinchisiga o‘tmaydi, lekin ikkinchi bosqich boshlandimi, albatta uchinchisiga o‘tadi.
Kasallikning uchinchi bosqichida qovuqning qisqarish qobiliyati deyarli yo‘qoladi, uning ichida 1,5 2 litrgacha peshob yig‘ilib qoladi, peshob bemor ixtiyorisiz tomchilab turadi.
Bu bosqichda buyrak faoliyati ishdan chiqishi natijasida bir qator asoratlar namoyon bo‘ladi: butkul ishtahadan qolish, holsizlik, chanqoq, og‘izning qurishi, ko‘ngil aynishi, qabziyat. Ruhiy tushkunlik, ozib ketish, og‘izdan peshob hidi kelishi organizmda azotli shlaklar bilan zaharlanish ro‘y berganini, haroratning ko‘tarilishi esa yig‘ilib qolgan peshobda infeksiyalarning zo‘rayganidan darak beradi.
Qovuqda tosh yig‘ilishi prostata bezi adenomasining eng ko‘p tarqalgan asorati hisoblanadi. Shuningdek, piyelonefrit, uretrit, prostatit, adenomit, vezikulit, epididimit, epididimoorxit singari jiddiy asoratlar ham kuzatilishi mumkin.
Bugungi kunda prostata bezi adenomasini davolashning turli usullari mavjud. Kasallik endigina rivojlanayotgan paytda dori-darmonlar vositasida davolanadi. Yoki adenoma – prostata bezi emas! – operatsiya yo‘li bilan olib tashlanadi.
© Tib.uz
Prostata uchun eng ko’p ishlatiladigan dori vositalardan biri Vitaprostdir.
Vitaprost® prostata beziga organotrop ta’sirga ega. Prostata bezini shishi, leykositar infil’tratsiyani kamaytiradi, epitelial xujayralarining sekretor faolligini normallashtiradi, asinuslar shirasidagi lesitin zarrachalari sonini oshiradi, qovuqning mushak tonusini rag‘batlantiradi. Tromblar hosil bo‘lishini kamaytirishi, antiagregant faolligi hisobiga prostata bezida mikrosirkulyasiyani yaxshilaydi, prostata bezida venulalar trombozini rivojlanishiga to‘sqinlik qiladi.
Rektal suppozitoriylar 10 mg. 5 suppozitoriy polivinilxlorid plyonka yoki polietilen bilan laminirlangan polivinilxlorid plyonka kontur uyali o‘ramda. Bir yoki ikki kontur uyali o‘ram preparatni tibbiyotda qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.
Preparatning narxini ushbu bo’limda ko’rsa bo’ladi — https://apteka.uz/uz/product/vitaprost
Kasalliklar
Prostata bezi adenomasi