PROREKTOR

PROREKTOR

PROREKTOR (lot. pro — oʻrniga va rektor) — oliy oʻquv yurti yoki malaka oshirish in-tida rektor urinbosari. Oliy oʻquv yurti shakli va taʼlim oluvchilarning sonidan kelib chiqib oʻquv ishlari boʻyicha, ilmiy ishlar va maʼmuriyxoʻjalik ishlari boʻyicha, sirt-qi taʼlim boʻyicha va b. sohalardan Prorektor lavozimi belgilanadi. Oʻzbekistondagi oliy oʻquv yurtlari va malaka oshirish in-tlarida maʼnaviyat va maʼri-fat ishlari boʻyicha Prorektor lavozimi ham mavjud. Unga 1-prorektor maqomi beril gan. Oʻzbekistondagi kadrlar mala-kasini oshirish va ularni qayta tayyorlash in-tlarida ham 3 yoʻnalish boʻyicha Prorektor lavozimlari mavjud.

Ensiklopediya.uz
PROREKTOR