Property va Field lar

Property va Field lar

Field- Bu so’zni o’zbekchaga tarjima qilsak MAYDON degan ma’noni beradi. Lekin bizda C# Field nima, uni qayerda ishlatishiz mumkin, kabi savollar tug’ilishi mumkin.

C# dasturlash tilida Field bu to’g’ridan-to’g’ri «Class» yoki «Strukturada» e’lon qilingan har qanday turdagi o’zgaruvchidir; Ya’ni Classning ichidagi har qanday tipdagi o’zgaruvchi.

Field asosan ma’lumot saqlashga ishlatiladi. Ko’p hollarda fieldni private(yani Classning shaxsiy o’zgaruvchisi) holda ochiladi va bu fielddan biz faqat «Class» ning ichida foydalana olamiz . Aniqrogi shu classdan obyekt olinganda unga to’gridan to’gri murojat qila olmaymiz. Lekin boshqa tiplarda ham ochish mumkin; bu haqda keyingi Modifikatorlarga ruxsat berish mavzusida aniqroq tushunib olasiz.

Keling sizlar bilan Field ga oid bir misol kurib chiqamiz:

using System;

namespace Field
{
    public class Program
    {
        public static void Main(string[] args)
        {
            AboutField aboutField = new AboutField();
            aboutField.Firstname = "Abdulloh";
            aboutField.LastName = "Asronov";
            aboutField.Age = 25;
            aboutField.Printing();

        }
    }
    public class AboutField
    {
        public string Firstname;
        public string LastName;
        public int Age;
        
        public void Printing()
        {
            Console.WriteLine(Firstname + " " + LastName + " " + Age);
        } 
    }
}

Property ga keladigan bulsak u Xususiyat degan ma’noni bildiradi.

Uning Asosiy vazifasi malumot tashishdan iborat.

Property(Maydon) get(o’qishi), set(yozishi) yoki private fieldan malumot olishda ishlatish mumkin.

Get property qiymatini qaytarish uchun set esa yangi qiymat belgilashga xizmat qiladi.

Tassavvur qiling tepada aytib o’tganimizdek private faqat o’zi ochilgan class ichida foydalana olamiz. Agar uni qiymatini qolmoqchi bo’lsak quyidagi tarzda Propertyga yuzlanamiz:

using System;

namespace Field
{
    public class Program
    {
        public static void Main(string[] args)
        {
            AboutProperty aboutProperty = new AboutProperty();
            Console.WriteLine(aboutProperty.FirsName);

        }
    }
    public class AboutProperty
    {
        private string firsname = "Abdullo";
        public string FirsName
        {
            get
            {
                return firsname;
            }
            set
            {
                firsname = value;
            }

        }
       
    }
}

Yuqorida private fielddan propertyga uni qiymati olinib Firstname Propertysiga yozilmoqda va biz buni tashqarida ishlatish imkoniga ham ega bo’lyabmiz. Umid qilamanki bu sizga foydali bo’ldi!

Dasturlash
Property va Field lar