PROMETEY

PROMETEY

PROMETEY — yunon mifologiyasida Olimp togʻidagi xudolardan olovni oʻgʻirlab, odamlarga hadya qilgan maʼbud. Buning uchun u Zevs buyrugʻi bilan togʻ qoyasiga kishanlanib, muttasil qiynoqqa solingan: har kuni burgut uchib kelib, Prometeyning tuni bilan yarasi bitgan jigarini choʻqib turgan. Gerakl P. ni ozod qilib, burgutni oʻldirgan. Prometey ob-razi adabiyot (Volter, I. V. Gyote, J. Bayron, P. B. Shelli, L. Meshterxazi), tasviriy sanʼat va musika (L. Betxoven, A. N. Skryabin) da aks ettirilgan.

Ensiklopediya.uz
PROMETEY