PROLONGATSIYA
PROLONGATSIYA (lot. prolongatio) — zayom, veksel va shartnomalarning amal qilish muddatlarini uzaytirish. Prolongatsiya kelishuvlar, sud qarorlari, davlat hokimiyati aktlarida oʻz aksini topadi. Iqtisodiy harakatlar, huquqiy sohalarda keng qoʻllaniladi. Prolongatsiya, asosan, vaktinchalik kuchga ega va u asosiy hujjatlardagidek amal qilish huquqini taʼminlaydi. Tadbirkorlikni kengaytirishda iqtisodiy aloqalarning uzilib qolmasligini taʼminlash Prolongatsiyadan keng foydalanishni taqozo etadi.
Ensiklopediya.uz
PROLONGATSIYA