PROKURATURA
PROKURATURA (lot. procurare — gʻam-xoʻrlik qilish) — ayrim mamlakatlarda jinoiy ishlarni qoʻzgʻatish, ayblovni yoqlash, sud protsessida davlat man-faatlarini himoya qilish vakolatlari yuklatilgan maxsus davlat organi (organlar tizimi). Dastlab 13—14-a. larda Fransiyada yuzaga kelgan. Bir qancha mamlakatlarda Prokuraturaga barcha fuqarolar, tashkilotlar va mansabdor shaxslarning qonunlarni aniq va bir xilda bajarishi ustidan nazorat qilish va-zifasi ham kiradi. Muayyan mamlakatlarda Prokuratura sudning tarkibiy qismi hisoblanadi, boshqalarida esa tashkiliy jihatdan undan ajratilgan (q. Oʻzbekiston Respublikasi prokuraturasi).
Ensiklopediya.uz
Prokuratura