PROKTIT
PROKTIT (yun. proktos — yoʻgʻon ichak, itis — yalligʻlanish) — toʻgʻri ichak shilliq qavatining yalligʻlanishi. Yoʻgʻon ichakning qar qanday yalligʻlanishi (mas, kolit), toʻgʻri ichakdagi turli oʻzgarishlar oqibatida kelib chiqadi. Proktitga (oʻtkir va surunkali) aksariyat jarohatlar (yot jismlar, mexanik taʼsirda; prostata bezini massaj qilishda, tozalovchi yoki davolovchi huqnalar-da), kimyoviy yoki termik kuyish yoki shilliq qavatga achchiq kalampir, spirtli ichimliklar, xom piyoz, sirka va b. taʼsir etishi sabab boʻladi. Klinik kechishi: tez-tez hojatga borish, tenezm, qorinning pastki qismida ogʻriq, toʻgʻri ichakda noxushlik sezish; bemor dam-badam siyishi ham mumkin. Odatda, kasallik 7—10 kun davom etadi. Kasallik davosi asosiy sababni bartaraf etish, parqez buyurishdan iborat.
Ensiklopediya.uz
PROKTIT