PROGRESSIV FALAJ
PROGRESSIV FALAJ — markaziy nerv sistemasining zaxmdan zararlanishi oqibatida kelib chiqadigan ruhiy kasallik. Kam uchraydi. Zaxm bilan kasallangandan 5—15 yil keyin pay-do boʻladi. Belgilari: ruhiyatning aynishi, bu astasekin avj olib, telbalikkacha olib boradi. Nevrasteniya, ayaahlash, «manmanlik» alomatlari ku-zatiladi. Qoʻzgʻalish va tormozlanish fa-oliyati izdan chiqadi. Asosan, antibi-otiklar va zaxmga qarshi vositalar bilan davolaniladi.
Ensiklopediya.uz
PROGRESSIV FALAJ