PROFESSOR

PROFESSOR

PROFESSOR (lot. professor — dare beruvchi, oʻqituvchi) — oliy oʻquv yurti oʻqituvchisi yoki i. t. muassasasi xodi-mining ilmiy unvoni, lavozdmi. Professor atamasi dastlab Rim imperiyasi (mil. av. 1-a. oʻrtalari — mil. 5-a. boshlari)da grammatika va voizlik maktabi oʻqituvchilariga nisbatan qoʻllangan. Oʻrta asrlarda diniy maktab muallimlari, 13-a. dan boshlab, un-tlar paydo boʻlgach, un-t oʻqituvchilari Professor deb atalgan. Oʻrta ayerlarda Professor atamasi olimlik belgisi sifatida magistr yoki fan dri ilmiy darajalari maʼnosini bergan. Un-tlarda kafedralar tashkil etilishi va maxsus Professorlik lavozimlari joriy etilishi bilan Professor oliy ilmiy daraja tushunchasidan tashqari, un-tlarning yetakchi oʻqituvchisi ilmiy unvonini anglatadigan boʻldi. Oʻzbekistonda 20-a. boshlaridan dastlabki Professorlik unvoni berila boshladi. Fitrat birinchi uzbek Professori hisoblanadi.

Ensiklopediya.uz
PROFESSOR