PROBIOTIKLAR VA PREBIOTIKLAR. FARQI NIMADA? haqida to’liq ma’lumot oling

PROBIOTIKLAR VA PREBIOTIKLAR. FARQI NIMADA? haqida to’liq ma’lumot oling

PROBIOTIKLAR VA PREBIOTIKLAR. FARQI NIMADA?
🧪Probiotiklar — tirik mikroorganizmlar bo‘lib, yetarli darajada inson organizmiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Probiotiklar qisqa muddat ichida ichaklardagi foydali bakteriyalar salmog‘ini oshiradi va bu ayniqsa, antibiotiklar bilan davolangandan keyin muhim ahamiyatga ega. Biroq bu samara uzoq muddat saqlanmaydi va organizmimizdagi yot mikroorganizmlar tezda halok bo‘ladi.

Tadqiqotlar organizmga kiritiladigan bakteriyalar mikroflora tarkibini qisqa muddatga o‘zgartiradi, ammo dastlabki holat tezda qayta tiklanadi. Shuningdek aytish joizki, ba’zi probiotiklar salomatlikka salbiy ta’sir ko‘rsatdi. Proibiotiklar tarkibiga kiruvchi har qanday yot mikroorganizmlarga qarshi immun reaksiya ham ijobiy, ham salbiy samara berishi mumkin. Shunday qilib proibiotiklarning foydali ham, zararli ham tomonlari borligini unutmaslik kerak. Ularni qabul qilishdan oldin mutaxassis bilan maslahatlashish muhim.

Tirik mikroorganizm sifatida probiotiklar:
✅Doim ham ichaklarda yashab qola olmaydi;
✅Antibiotiklar ta’sirida halok bo‘ladi;
✅Organizmda qisqa muddat yashaydi (5-7 kungacha) va inson mikroflorasi ularni siqib chiqaradi;
✅Inson mikroflorasi shtammlariga antibiotiklarga qarshilik qiluvchanlik xususiyatini yetkazishi mumkin.

🧫Prebiotiklar— oshqozon-ichak tizimining yuqori qavatlarida hazm bo‘lmaydigan va parchalanmaydigan ovqat komponentlari bo‘lib, yo‘g‘on ichak mikroflorasida fermentatsiyalanadi va ularning yashovchanligi hamda rivojlanishini rag‘batlantiradi.

Prebiotiklar mikrofloraga probiotiklarga qaraganda ko‘proq ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Chunki:
✅Oshqozon-ichak tizimida parchalanmaydi va antibotiklar hamda oshqozon og‘ir kislota muhitiga bardoshli;
✅Insonning qator foydali bakteriyalari shtammining o‘sishi va rivojlanishini rag‘batlantiradi;
✅Yot genlar saqlamagani bois organizmning ikkilamchi immun javobini chaqirmaydi;
✅Antibiotiklarga qarshilik qilishni rag‘batlantiruvchi genlar saqlamaydi.
Keyingi postimiz probiotiklarga va prebiotiklarga nimalar kirishini va ularni qanday tanlash, dozalash haqida boʻladi. Bizdan uzoqlashmang.

@Bolalarshifokori1

Malumotlar
PROBIOTIKLAR VA PREBIOTIKLAR. FARQI NIMADA?