PRJEVALSKIY Nikolay Mixaylovich

PRJEVALSKIY Nikolay Mixaylovich

PRJEVALSKIY Nikolay Mixaylovich [1839.31.3, Smolensk gubernyasi Kimorovo qishlogʻi — 1888.20.10, K,irgʻiziston, Prjevalsk (hoz. Qoraqoʻl)] — rus sayyohi va geografi, Markaziy Osiyo tadqiqotchisi, generalmayor (1886), 1867—69 y. larda Ussuri oʻlka-siga, 1870—73 y. larda Mongoliya, Xi-toy va Tibetga ekspeditsiya uyushtirgan. 1876— 85 y. larda Markaziy Osiyoga 4-marta ekspeditsiyaga borgan. Prjevalskiy oʻzi tekshirgan hududlarning relyefi, ikli-mi, dare va koʻllari, oʻsimliklari va hayvonot dunyosini tavsiflab bergan. Markaziy Osiyodagi asosiy togʻ tizmalarining yoʻnalishini aniklagan. Ek-speditsiyalar davrida zoologiya, botanika va mineralogiyaga doyr kolleksiya va etnografiyaga tegishli maʼlumotlarni toʻpladi. Podsho hukumati Oʻrta Osiyo hududlarini bosib oliщda Prjevalskiy toʻplagan maʼlumotlardan unumli foydalangan. Prjevalskiy asarlari koʻpgina xorijiy tillarga tarjima qilingan. Markaziy Osiyo va Alyaskadagi bir nechta tabiiy obyektlar, bir qancha hayvon va oʻsimlik turlari Prjevalskiy nomi bilan atalgan.

Ensiklopediya.uz
PRJEVALSKIY Nikolay Mixaylovich