PRISTLI

PRISTLI

PRISTLI (Priestley) Jozef (1733.13.3, Fildxed, Yorkshir — 1804.6.2, Nortamberlend, Pensilvaniya, AQSH) — ingliz faylasufi, kimyogari, deizm tarafdori. 1794-y. AQSH ga muxrjir boʻlib ketgan. «Materiya va ruh toʻgʻrisida tadqiqotlar» asari (1777) da tabiatning moddiyligi, ruh materiyaning xususiyati ekanligi toʻgʻrisidagi gʻoyalarni ilgari surgan. D. Gartlining assotsiatsiyalar toʻgʻrisidagi taʼlimotini rivojlantirgan. Kislorodni kashf etgan (1774), vodorod xlorid va ammiak hosil qilgan (1772 — 74). Nafas olishchiqarish tufayli bu-zilgan havoni yashil oʻsimliklar «to-zalaydi», deb koʻrsatib oʻtgan. Flogiston nazariyasini himoya qilgan.

Ensiklopediya.uz
PRISTLI