PRIMORYE OʻLKASI
PRIMORYE OʻLKASI — RF tarkibidagi oʻlka. 1938-y. 20 okt. da tuzilgan. Uzok, Shark, federal okrugiga kiradi. Rossiyaning chekka jan.-sharqiy Femida, Primoryeda joylashgan, Yapon dengizi bilan oʻralgan. Gʻarb va jan.-gʻarbdan Xitoy va KXDR bilan chegaradosh. Mayd. 165,9 ming km2. Aholisi 2068,2 ming kishi (2002), asosan, ruslar, shuningdek, ukrain, belorus va b. millat vakillari ham yashaydi. Shaxar aholisi 78,3%. Markazi — Vladivostok sh. Boshqa yirik shaharlari — Naxodka, Ussuriysk, Artyom, Bolshoy Kamen, Arsenyev, Partizansk, Spassk-Dal-niy, Dalnegorsk, Dalnerechensk.
Ensiklopediya.uz
PRIMORYE OʻLKASI