PRETSIPITATSIYA
PRETSIPITATSIYA (lot. — pastga tez tushish) , choʻkish — serologik reaksiya; antigenlar komleksining antitelolar bilan choʻkma hosil qilishi. Bemor yoki vaksina yuborilgan kishilar, shuningdek, immunlangan hayvon qon zardobidagi antitelo mik,dorini aniklashga imkon beradi. Pretsipitatsiya im-munodiagnostikada bir qator infek-sion kasalliklarga (kuydirgi, difteriya va b.) diagnoz qoʻyishda, shuningdek, sud tibbiyotida qon, aʼzo yoki toʻqimaning kimga taallukli ekanligini aniklashda va b. hollarda qoʻlla-nadi (yana q. Serologiya).
Ensiklopediya.uz
PRETSIPITATSIYA