PRETORIYA

PRETORIYA

PRETORIYA — JARning poytaxti. Apis daryosi sohilida, oʻrtacha 1738 m balandlikda. Transvaal provinsiyasining maʼmuriy markazi. Aholisi 526 ming kishi (1990-y. lar oʻrtalari). Yanv. (eng issiq oy)ning oʻrtacha t-rasi 21,4°, iyul (eng sovuqoy)niki 10°. P. — transport yoʻllarining yirik tuguni. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Mamlakatning qora metallurgiya sanoati markazi. Shahar ishchilarining deyarli yarmi metallurgiya k-tida ishlaydi. Mashinasozlik va metallsozlik (tayyor kismlardan avtomobil yigʻish, velosipedlar va elektr ji-hozlari i. ch.), kimyo, toʻqimachilik, oziq-ovqat, tamaki, sement, oynashisha, poligrafiya sanoati korxonalari, shahar yaqinida ferrovanadiy ishlab chikariladigan z-d bor. P. yakinidan olmos va temir rudalari qazib olinadi.

Ensiklopediya.uz
PRETORIYA