PRERIYALAR

PRERIYALAR

PRERIYALAR (frans. prairie, lot. pratum — oʻtloq) — Shim. Amerikada, asosan, boshokdosh oʻsimliklardan ibo-rat oʻtloklar. Kanadaning janubidan Meksika togʻlarigacha tarqalgan. Oʻzlashtirilmasdan oldin Shim. Amerikada 1 mln. km2 dan, Kanadada 2 mln. km2 dan koʻproq maydonni egallagan. Oʻsimlik qoplamida Yevrosiyo choʻllaridagi singari, asosan, sovuqqa va qurgʻoqchillikka chidamli, chim hosil qiluvchi boshoqlilar dominantlik qiladi. Preriyalarning asosiy qismi sharqda oʻzlashtirilib, mak-kajoʻxori va bugʻdoy e kil gan; gʻarbda yaylov sifatida foydalaniladi. Preriyalarning tabiiy oʻsimliklari Kanadada saqlanib qolgan; odam tomonidan kam oʻzgartirilgan qolda AQSH dagi milliy bogʻlarda (Jan. Dakota shtati) koʻrish mumkin. Preriyalar uchun xos hayvonlar (yaylov iti, krradum, butu, koyot, bizon) ham milliy bogʻlarda saqlanib qolgan.

Ensiklopediya.uz
PRERIYALAR