PRATOV
PRATOV Oʻktam (1934.18.8, Toshkent viloyati Xumson qishlogʻi) — biolog olim. Oʻzbekiston Respublikasi fan arbobi (2001), biol. fanlari dri (1988), prof. (1994). Oʻrta Osiyo un-tini tugatgan (1959). Oʻzbekiston FA Botanika in-tida kichik ilmiy xodim (1959—62, 1965 — 68), aspirant (1962—65), katta ilmiy xodim (1968—85), direktor va sistematika lab. mudiri (1985—93). 1995-y. dan markaziy gerbariy lab. mudiri. Liviya davlatida katta muhandis (1977—85), 1997-y. dan OʻzMU botanika oʻquv-ilmiy markazi rahbari. Ilmiy tadqiqotlari Oʻrta Osiyo florasini oʻrganishga, undan oqilona foydalanish va muqofaza qilishga, ayrim yirik, murakkab oila va turkumlarni monografik tarzda oʻrga-nib, ularning filogeniyasini ishlab chiqishga oid. Pratov 20 dan ziyod yangi oʻsimlik turi, 20 seksiya va 1 ta tribani ilk bor fanga olib kirdi. 10-jiddli «Oʻrta Osiyo oʻsimliklari aniklagichi» (1972 — 93), «Ruscha-oʻzbekcha botanika terminlari lugʻati» (1963), «Usimliklar aniklagichi» (1995) mualliflaridan. Pratov rah-barligida Uzbekiston Respublikasi Kizil kitobining 2-nashri uzbek va rus tillarida chop etidsi.
Ensiklopediya.uz
PRATOV