Pratov O, To xtayev A. S, Azimova F. O. Botanika. 5-sinf
Umumiy o’rta ta’lim maktablarining 5-sinfi uchun darslik. — Ташкент: O’zbekiston, 2011. — 96 b.
5-sinf botanika fanidan test (15 talik)
1. Gulli o‘simliklar qanday qismlardan tashkil topgan?
a) ildiz, poya, barg, gul, meva va urug‘b) ildiz, poya, barg c) ildiz, poya
d) meva va urug‘dan
2. Yer yuzida gulli o‘simliklarning nechta oilasi bor?
a) 250 oila b) 533 oila c) 500 oila d) 1000 oila
3. Afrikada o‘sadigan baobab daraxti necha yil yashaydi?
a) 1000 yil b) 70-100 yil c) 4000-5000 yil d) 800-yil
4. Butalarga qaysi o‘simliklar kiradi?
a) irg‘ay, singirtak, namatak, zirk, uchqat b) izen, keyreuk, teresken, sarsazan, shuvoq,
c) beda, ajriq, g‘umay’ sachratqi d) sabzi, sholg‘om, karam
5. Hujayra shirasi qayerda joylashgan?
a) sitoplazma b) mag‘iz c) plastida d) vakuol
6. Plastidalar necha xil bo‘ladi?
a) 3 xil b) 5xil c) 4 xil d) 2xil
7. Hujayralarning qobig‘i nimaga qarab qalinlashadi?
a) turiga b) yoshiga c) o‘sishiga d) vaqtga
8. To‘qimalar necha xil bo‘ladi?
a) 4 xil b) 3 xil c) 5 xil d) 6 xil
9. Qaysi to‘qima orqali fotosintez jarayoni amalga oshadi?
a) jamg‘aruvchi b) asosiy to‘qima c) qoplovchi to‘qima d) mexanik to‘qima
10. Ildiz tuzilishiga qarab qanday turlarga bo‘linadi?
a) yon ildizga b) popuk ildizga c) o‘q ildiz va popuk ildiz d) asosiy ildiz
11. Asosiy ildiz shohlanib nimani hosil qiladi?
12. Asosiy va yon ildizlar o‘sib ko‘payib nimani hosil qiladi?
13. Ildizmevalarni toping?
14. Vegetativ organlarni toping?
15. Ko‘p yillik o‘tlarni aniqlang.
T/r | 1 | 2 | 3 | 4 | 5 | 6 | 7 | 8 | 9 | 10 |
J: | A | B | C | A | D | A | B | D | B | C |
11. yon ildiz
12. ildiz tizimi
13. qizil lavlagi, sabzi, rediska, turp, sholg‘om
14. ildiz, poya ,barg
15. beda, ajriq, g‘umay, sachratqi
Pratov O’., To’xtayev A.S., Azimova F.O’. Botanika. 5-sinf
Umumiy o’rta ta’lim maktablarining 5-sinfi uchun darslik. — Ташкент: O’zbekiston, 2011. — 96 b.
Учебник для 5-го класса общеобразовательной средней школы. На узбекском языке.
Mazkur darslik, hozirgi davr talabidan kelib chiqib, yangi pedagogik texnologiyalar asosida davlat ta’lim standarti va dasturlariga mos ravishda tayyorlandi.
Yangi «Ta’lim to‘grisida»gi qonunda umumiy o’rta ta’lim o’quvchilariga bilimlarning zarur hajmini berish, mustaqil fikrlash, tashkilotchilik qobiliyati va amaliy tajriba ko’nikmalarini rivojlantirish, dastlabki kasbga yo’nallirish hamda ta’limning navbatdagi bosqichini tanlashga yordam berishi ta’kidlab o’tilgan.
Go‘zal tabiatni rang-barang o’simliklar olamisiz tasavvur qilib bo’lmaydi. Yer yuzida o’simliklar turi juda keng tarqalgan. Bu o’simliklarni jazirama cho’llardan tortib, to baland tog’lar cho’qqisigacha boigan turli tuproq va iqlim sharoitida uchratish mumkin. 0‘zbekistonda tabiiy holda o’sadigan yuksak o’simliklarning 4500, O’rta Osiyoda 8000, Yer yuzida esa 500 000 dan ortiq turi borligi aniqlangan. Tabiatda o’simliklar uchramaydigan joy nihoyatda kam.
O’simliklarning turli sharoitda o’sishi tabiatshunoslik darslaridan sizga ma’lum. O’zbekistonda yoz oylarida suvsiz, qumli va sho’rxok cho’llarda, hamisha qor va muzliklar bilan qoplanib yotadigan, baland tog’larda o’sadigan, g’orlar ichkarisida osilib o’sadigan ajoyib o’simliklar haqida eshitgansiz. Tabiatda dengiz, daryo, ko‘l va kanallarda, shuningdek, botqoqliklarda o’sadigan o‘simliklar ham kam emas. Ular uzoq yillar davomida turli sharoitda o‘sishga moslashgan.
Tabiatshunoslik darslarida olgan bilimingiz siz uchun yangi fan — biologiyaning bir bo’limi — botanikani yanada mukammal o‘rganishga katta yordam beradi.
- Чтобы скачать этот файл зарегистрируйтесь и/или войдите на сайт используя форму сверху.
- Регистрация
- Узнайте сколько стоит уникальная работа конкретно по Вашей теме:
- Сколько стоит заказать работу?
Qiziqarli malumotlar
Azimova F. O. Botanika. 5-sinf, Pratov O‘, To xtayev A. S