PPI nima? Piksel. Dyum. Inch.
Ushbu maqolada kundalik hayotda juda ko’p duch keladiganimiz PPI tushunchasi haqida so’z boradi.
PPI nima ?
(pixels per inch) — bu rasmning har bir dyumida joylashgan piksellarning soni. Ushbu koʻrsatkich rasmning sifatini va aniqlikini belgilaydi. PPI koʻrsatkichi oshgan sari, rasmning sifati ham yaxshiroq boʻladi. PPI koʻrsatkichi kam boʻlgan rasm esa piksellarga boʻlinib, noaniq koʻrinadi.
Piksel nima ? — bu rasmni tashkil etuvchi eng kichik nuqta. Har bir piksel oʻzining rangi va yorqinligi bilan ajralib turadi. Rasmning oʻlchami va PPI koʻrsatkichi oshgan sari, rasmning piksellari ham koʻpayadi. Masalan, 1920×1080 piksel oʻlchamli rasm 24 dyuymli ekran uchun 92 PPI, 27 dyuymli ekran uchun esa 82 PPI koʻrsatkichiga ega boʻladi.
Televizor, kompyuter yoki kamera taʼriflarida piksel soʻzini eshitgan boʻlsangiz kerak. Piksel inglizcha «picture» («rasm») va «element» («element») soʻzlari birlashmasidan hosil boʻlgan boʻlib, monitor aniqlay oladigan eng kichik element tushuniladi. Monitor va kameralarning pikseli qancha koʻp boʻlsa, tasvir shuncha tiniq boʻladi.
Raqamli sanoatda dyumdagi pikseldan ko’ra ko’p santimetrdagi piksellar ko’p qo’llaniladi.
Dizayn, Grafika va Ovoz
PPI nima? Piksel. Dyum. Inch.