POZITRON
POZITRON [lot. posi (tivus) — musbat va elektron] , ye* — musbat elektr zaryadli elementar zarra, elektronning antizarrasi. Uning zaryadi ye=1,60218910-» Kl. ; massasi /ya=0,91093 – Yu»30 kg; magnit momenti ss=9,2848-10-24 J/Tl. P. spini 1/2 ga teng boʻlib, Fermi — Dirak statis-tikasiga boʻysunadi. Antizarralarning mavjudligini birinchi boʻlib P. Dirak bashorat qilgan (1931). Bu nazariyaga asosan zarra va antizarraning massasi, yashash vaqti va spinlari bir xil boʻlib, elektr zaryadi va magnit mo-mentlari modul jihatdan teng, ammo ishoralari qaramaqarshi boʻlishi kerak edi. Keyinchalik ular tajribalarda toʻla tasdikdandi. Birinchi antizarra — P. ning mavjudligini K. D. Anderson kuchli magnit maydoniga joylashtirilgan Vilson kamerasi yordamida kashf etgan (1932).
Ensiklopediya.uz
POZITRON