Poytaхt hokimiyati tashabbusi shaharliklar tomonidan baholanadi
Toshkent hokimiyati «Mening ovozim» saytini ishga tushirdi, bunda har bir fuqaro ijtimoiy masalalarda oʻz nuqtai nazarini bildira oladi.
mo.tashkent.uz saytida bir nechta boʻlim mavjud:
- «Ovoz berish». Bu boʻlimda har bir toshkentlik shaharning oʻzgarishi uchun ovoz berishi, oʻz fikrlari bilan oʻrtoqlashishi va har bir berilgan ovoz uchun ball olishi mumkin;
- «Shahar yangiliklari». Unda poytaхt hokimiyati tomonidan amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida ma’lumot berilgan;
- «Ragʻbatlantirish doʻkoni». Toʻplangan ballarni esdalik sovgʻalari, kiyim-kechak, elektronika va turli tadbir chiptalariga almashtirish mumkin;
- «Afisha». Rejalashtirilgan va ilgari oʻtkazilgan tadbirlar;
- «Natijalar». Unda ovoz berish va soʻrovlar natijalari, koʻpchilik fuqarolar tomonidan bildirilgan fikrlar, tegishli masala yuzasidan shahar hokimiyati qabul qilgan qarorlar e’lon qilinishini anglash qiyin emas.
Savollarga javoblar
Poytaхt hokimiyati tashabbusi shaharliklar tomonidan baholanadi
manba:norma.uz