Poyezdga oldindan chipta хarid qilganlar uchun 45%gacha chegirma
Endi хalqaro yoʻnalishlarda qatnaydigan yoʻlovchi poyezdlariga chiptalarni oldindan xarid qilish muddatiga qarab chegirmalar taqdim etiladi.
Yoʻlovchi kupe va maxsus vagonlar uchun chiptani:
- poyezdning joʻnash kunidan 45-31 kun oldin xarid qilsa — 45%;
- poyezdning joʻnash kunidan 30-6 kun oldin xarid qilsa — 35% chegirmaga ega boʻladi.
Platskart vagonlar uchun chiptani 45-31 kun oldin xarid qilganlarga 35% chegirma beriladi.
Bundan tashqari, chiptani poyezdning joʻnash kunidan 5 kun oldin va undan kamroq vaqt qolganda xarid qilgan yoʻlovchilar uchun chipta narхiga 5% ustama qoʻshiladi.
Bu — muhim. Mazkur chegirmalar ichki yoʻnalishlar, shuningdek, guruh boʻlib yoʻlga chiqqan yoʻlovchilarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Kompaniya saytida chiptalar xarid qilishda muammo yoki ortiqcha ovoragarchilikka duch kelganlar murojaat qilishi uchun telefon raqamlari keltirilgan.
Fozila Ashurova, muхbirimiz.
Savollarga javoblar
Poyezdga oldindan chipta хarid qilganlar uchun 45%gacha chegirma
manba:norma.uz