POYA
POYA, tana (caulis) — oʻsimlikning shox, barg va gullari joylashgan asosiy oʻqi. Boʻgʻim (barg oʻrni) va boʻgʻim oraliqlaridan iborat. Poya ildiz bilan barglar ora-sida moddalar harakatini taʼminlaydi. Baʼzi oʻsimliklarning poyasi metamor-fozlashgan (shakli oʻzgargan) boʻlib, suv va oziq moddalarni toʻplash (kartoshka), himoya (doʻlana va yantoklarning tikanlari), ilashish (tok va oshkrvoklarning jingalagi), vegetativ koʻpayish (ajriq, qulupnay poyalari) vazifalarini baja-radi. Bir yillik va koʻp yillik, yer ustki va yer ostki, yoyuchlangan va yogochlanmagan Poyalar bor. P. silindrsimon, koʻp kir-rali, yassi, gadir-budur yoki silliq boʻladi. Asosan, uchidagi oʻsish konusi hujayralarining boʻlinishidan Poya boʻyiga oʻsadi; baʼzi usimliklar (mas, gʻalladoshlar) Poyasi boʻgʻim oraligʻining uzayishidan ham usadi. Poyaning buyi, yugʻonligi turlicha. Yusinlar Poya sining uzunligi bir necha sm, diametri bir necha mm, sekvoyyalar poyasining uz. 150 m, diametri 10—12 m. Lianalar P. si 200—300 m keladi.
Ensiklopediya.uz
POYA