POSTINDUSTRIAL JAMIYAT
POSTINDUSTRIAL JAMIYAT — rivojlangan mamlakatlarda 20-a. ning 2yarmidan ijtimoiy taraq-qiyotda vujudga kela boshlagan yangi bosqich. Termin oʻtgan asrning 70-y. laridan ishlatila boshlandi; boshqa nazariyalarda — texnotron jamiyat (Z. Bjezinskiy), axborot jamiyati, postkapitalistik jamiyat deb ataladi. Postindustrial jamiyatda xizmat sohalarining axamiyati ortadi, fan va taʼlim (untlar) asosiy oʻrinni egallaydi; ijtimoiy tizimda yetakchilik mavqei olimlar va kasb mutaxasisslariga oʻtadi; nazariy bilim yangiliklar ki-ritish va siyosatni shakllantirish manbai boʻlib xizmat qiladi; axborot olish, tarqatish va undan foydalanish jamiyat faoliyatida muhim ahamiyat kasb etadi.
Ensiklopediya.uz
POSTINDUSTRIAL JAMIYAT