PORTVEYN

PORTVEYN

PORTVEYN (nem. Portwein, Portugaliyadagi Portu sh. nomidan va nem. wein — vino) — kuchli uzum vinosn. Tarkibida (hajmi boʻyicha) 17—20% spirt, 5—14% qand, 4—6 g/l vino kislotasi bor. Oq, pushti va kizil uzum navlaridan oxirigacha bijgʻimagan turp aralash sharbatni yoki yangi ezilgan gʻujumlarni etil spirti bilan spirtlash va muayyan muddat davomida yetiltirish yoʻli bilan tayerlanadi. Portveynning oddiy va markali (3 yildan ortiq saklab yetiltirilgan) xillari boʻladi.

Ensiklopediya.uz
PORTVEYN