Portugal xalq maqollari va matallaridan

Portugal xalq maqollari va matallaridan
portugal xalq maqollari va matallaridan 65cb3548e1754

portugaliya

Portugal xalq maqollari va matallaridan

DO`STLARGA ULASHING:

Portugallar – Pireney yarimorolining gʻarbida yashovchi, Portugaliyaning tubjoy xalqi. Umumiy nufusi 31,2 milliondan ortiqroq. Asosiy qismi portugal tilida, bir qismi miranda tilida soʻzlashadi.

 

  1. Ayrimlar ehson qilsa-da boyiydi, baʼzilar oʻgʻirlasa-da kambagʻallashadi.
  2. Bilim joy egallamaydi.
  3. Butunicha yutilgan luqma – boy berilgan taʼm.
  4. Boʻsh kalla – shaytonning ishxonasi.
  5. Gʻiybat koʻmirga oʻxshaydi, kuydirmasa, qorasi tegadi.
  6. Dangasa hamisha yoʻqchilikda yashaydi.
  7. Ijaraga olingan ot charchamaydi.
  8. Kambagʻallikda oʻzingni yerga urma, boyib ketsang – magʻrurlanma.
  9. Katta hamdardlikdan kichkina yordam yaxshi.
  10. Muhabbat oyga oʻxshaydi – kattalashmasa, kichrayadi.
  11. Nonsiz uyda hamma javraydi, lekin hech kim haq boʻlmaydi.
  12. Odamlar yashagani uchun emas, yashamagani uchun tez qariydilar.
  13. Oqib ketgan suvlar tegirmonni aylantirmaydi.
  14. Pul bor uyda faqat bitta gʻaznachi boʻlishi kerak.
  15. Tinch suvda yaxshi dengizchilar tarbiyalanmaydi.
  16. Toʻgʻrilik – boshqalarda boʻlishi istaladigan fazilatdir.
  17. Toʻq qorin ilm izlamaydi.
  18. Uylangan uyli boʻlishni istaydi.
  19. Hikoya soʻzlovchi oʻzidan bitta nuqta boʻlsa-da qoʻshadi.
  20. Choʻloqni tutishdan yolgʻonchini tutish osonroq.
  21. Yaxshi shogird ustozi yoʻqligida bilinadi.

 

Orif Tolib tarjimasi

oriftolib.uz

Portugal xalq maqollari va matallaridan