PORTLASH
PORTLASH — oniy vaqtda chegaralangan hajmda katta miqdorda energiya ajralib chiqish jarayoni. Maʼlum xajmni egallab turgan modda P. natijasida energiya ajratib, atrofdagi muhitni juda katta kuch bilan harakatga kelti-ruvchi yuqori bosimdagi qizigan gazga aylanadi. Portlash qattiq jismda uning yemirilishi va parchalanishi bilan kuzatiladi. Muhitningt-rasi, zichligi, bosimining keskin koʻtarilishidan yuzaga kelgan harakat P. toʻlqini deyiladi. Bu toʻlqin muhitda juda katta tezlik bilan harakatlanadi. Portlash vakuumda yuz bersa, Portlash energiyasi turli tomonga katta tezlik bilan uchib chikadigan portlovchi moddalarning kinetik energiyasiga aylanadi va atrofdagi turli obyektlarga nisbatan mexanik taʼsirni yuzaga keltiradi. Portlash joyidan uzoklashgan sari P. toʻlqinining taʼsiri kuchsizlana boradi. Energiya manbainingtabiati va u qanday yoʻl bilan ajralib chiqishiga qarab Portlash bir necha turga boʻlinadi. Kimyoviy portlovchi moddalar kimyoviy boʻlinish xossasiga ega; bunda molekulalararo bogʻlanish energiyasi issiqlik energiyasi sifatida ajralib chikali. Portlovchi moddalar uchun t-ra oshishi kimyoviy boʻlinish tezligini ifodalaydi. Nisbatan past t-rada kimyoviy boʻlinish juda sekin yuz bera-di, natijada portlovchi modda bilan atrof muhit orasida issiklik muvoza-nati yuzaga keladi. Agar ajralib chiquvchi issiklikning moddadan tashqariga chiqib ketmasligiga sharoit yaratilsa, t-ra oshishi bilan kimyoviy boʻlinish jarayoni tezlashadi, bunga issiqlik ajratib portlash deyiladi. Yana shunday Portlash jarayoni borki, bunda kimyoviy oʻzgarish portlovchi modda boʻylab birin-ketin qatlamdan qatlamgatoʻlqin koʻrinishida tarqaladi. Moddaning ol-dingi holatidan juda yuqori bosimli va t-rali holatga keskin oʻtishini taʼminlovchi bunday toʻlqin zarba toʻlqinidir (yana q. Detonatsiya).
Ensiklopediya.uz
PORTLASH