PONSOD

PONSOD

PONSOD, ponsad, ponsadbo-sh i (fors, ponsad — besh yuz) — Oʻrta Osiyo xonliklarida qoʻllanilgan har-biy unvon. Baʼzan «dastaboshi» («otryad boshligʻi») deb ham yuritilgan. Ponsod 500 kishidan iborat harbiy qismga boshchilik qilgan. Ponsod, odatda, xon yoki bek tomonidan tayinlanib, baʼzi soliqlardan (mas, oʻziga tegishli mulkdan olinadigan) qisman yoki butunlay ozod qilingan hamda unga qar yili ikki marta maʼlum miqdorda gʻalla, pul va sarpolar berilgan. Qoʻqon xonligidagi harbiy unvonlar orasida ponsad-boshi mingboshidan keyingi yuqori unvon sanalgan. Turkistonda sovet reji-miga qarshi kurash olib borgan guruhlarning rahbarlari ham Ponsod deyilgan. (mas, Toʻxtasin Ponsod).

Ensiklopediya.uz
PONSOD