POMIR TILLARI

POMIR TILLARI

POMIR TILLARIhind-yevropa tillari oilasining eroniy tillar guruhiga mansub. Gʻarbiy va Jan. Pomir vodiylarida (Tojikistonning Togʻli Badaxshon muxtor viloyatida va Afgʻoniston, Pokiston, Shim. Hindistonning unga tutash hududlarida) va Sarikoʻl togʻ tizmalarida (Xitoyning Sinszyan-Uygʻur muxtor viloyatida) tarqalgan. Pomir tillariga vaxan, ishkoshim, yozgʻulom tillari hamda shugʻnon, rushan, xuf, bartong, oʻroʻtoʻr, sarikoʻl singari qardosh til va lahjalar kiradi. Hoz. ulik til qisoblangan qad. vanj va sargʻulom tillari ham shu tillar guru-hidan hisoblangan. Ayrim belgilariga koʻra, munjon va unga yaqin boʻlgan iydgo tillari Pomir tillariga qoʻshilsada, bu masala munozarali boʻlib qolmoqda.

Ensiklopediya.uz
POMIR TILLARI