Pomidorli omlet
Zarur masalliqlar: 4 ta tuxum, 200 ml sut, 200 gr pomidor, 200 gr kolbasa, 1 bosh piyoz, 1 choy qoshiq un, o‘simlik yog‘i, ta’bga ko‘ra tuz va murch. Tayyorlanishi: Piyoz mayda qilib to‘g‘rab olinadi. Kolbasa esa somoncha shaklida kesib chiqiladi. Pomidor katta bo‘lmagan kubik shaklida to‘g‘raladi. Piyoz tilla rangga kirguncha qovurib olinadi hamda kolbasa biroz qizartirib olinadi. Idish tubiga piyoz bilan qizartirilgan kolbasa solinadi. Ustidan pomidor bo‘lakchalari terib chiqiladi. Tuxum yaxshilab ko‘pirtirib olinadi hamda unga tuz va murch aralashtiriladi. So‘ngra sut quyib yaxshilab aralashtirib olinadi. So‘ngra kolbasa va pomidor ustidan quyiladi. Gaz pechida o‘rta olovda 20-25 daqiqa davomida pishirib olinadi. Xurshidabonu soglom.uz/tavsiya/pomidorli-omlet/Pomidorli omlet
DO`STLARGA ULASHING:
Pomidorli omlet