POLONIY

POLONIY

POLONIY (Polonium), Po — Mendeleyev davriy sistemasining VI guruhiga mansub kimyoviy element. Tartib raqami 84, at. m. 208,9824. P. radioaktiv elementlar yemirilishida oraliq mah-sulot sifatida hosil boʻladi. Uning massa sonlari 194 dan 218 gacha boʻlgan 25 ta izotopi va yadro izomerlari maʼlum. Eng uzok, mavjud boʻluvchi izotopi 209Ro(T|/2=103-y.), sunʼiy yoʻl bilan olingan. Har bir tabiiy iztopining radioaktiv elementlar qatorida joylanishiga qarab maxsus nomi va belgisi bor, chunonchi: 2|(|Ro— RaF b-n, 2||Ro — AsS b-n, 2l2Po-ThC b-n, 2l4Po-RaC b-n, 215Ro—AsA b-n, 216Ro— ThA bilan va 2l8Po—RaA bilan belgilanadi. Poloniyning 210Ro izotopi (T1/2=138,4 kun) muhim amaliy ahamiyatga ega.

Ensiklopediya.uz
POLONIY