POLIPLAR
POLIPLAR (yun. polypus — koʻpoyoqli) — yakka yoki koloniya boʻlib oʻtroq yashovchi boʻshliqichlilarning umumiy nomi. Asosan, dengizlarda (gidralar — chu-chuk suvlarda) tarqalgan; oʻlchami bir necha mm dan bir necha m gacha. Gavdasi silindrsimon, yuqori tomonida pay-paslagichlar bilan oʻralgan ogʻzi joylashgan. Pastki «tovon» tomoni bilan sub-stratga (yakka yashovchi Poliplar) yoki koloniya poyasiga (koloniya boʻlib yashovchi Poliplar) yopishadi. Koʻpchilik koloniya boʻlib yashovchi Poliplar tashqi yoki ichki ohak yoki organik skeletga ega. Harakatlanishi, asosan, paypaslagichlarining choʻzilishi yoki qisqarishidan iborat. Ayrim yakka yashovchi Poliplar (gidralar, aktiniyalar) substratda sekin siljishi mumkin. Nasl gallanishi orqali koʻpayadigan boʻshliqichlilarda Poliplar jinssiz nayel boʻlib, faqat kurtaklanish yoki koʻndalang boʻlinish orqali koʻpayadi va Poliplar yoki meduzalar hosil qiladi.
Ensiklopediya.uz
POLIPLAR