POLINEZ TILLARI

POLINEZ TILLARI

POLINEZ TILLARIavstronez tillari oilasining alohida guruhi; Okeaniya tillaridan (jami 30 ga yaqin). Polineziyada (tub aholi tillari), shuningdek, Melaneziya va Mikroneziyaning chekka orollarida (tashki poli-nez tillari) tarqalgan. Soʻzlashuvchilarning umumiy mikdori 1 mln. kishidan ortiq. Polinez tillari tonga (tonga va niue) tillari va asl polinez tillari guruhchalariga, asl polinez tillari esa samoa-tashki (samoa, tuvalu, tokelau, futuna, uvea, pukapuka, shuningdek, barcha tashki polinez tillari) va shar-qiy polinez tillariga (maori, gavay, taiti, rarotongo, rapanui, tuamotu va b.) ajratiladi.

Ensiklopediya.uz
POLINEZ TILLARI