POLINEVRIT
POLINEVRIT (yun. poly — koʻp va … nerv) — qoʻl-oyoq nervlarining bir vaqtda kasallanishi. Polinevrit mustaqil kasallik, shuningdek, baʼzi yuqumli kasalliklar (difteriya, dizenteriya) asorati sifatida namoyon boʻlishi mumkin. Spirtli ichimliklar, margimush, simob, qoʻrgʻoshintn surunkasiga zaharlanish va roʻzgʻorda ishlatiladigan kimyo-viy poroshoklarni notoʻgʻri ishlatish (to ks i k P.), moddalar almashinuvining buzilishi (qandli diabet), organizmda vitaminlar yetishmasligi x. am Polinevritga sabab boʻladi. Polinevrit meʼda va ichak kasalliklari bilan ogʻrigan kishilarda nerv toʻqimalarining oziklanishi va vitaminlar singishi uchun zarur boʻlgan moddalar soʻrilishining buzilishi natijasida boshlanib ketishi mumkin.
Ensiklopediya.uz
POLINEVRIT