Polimorfizm
Navbatdagi darsimiz ob’ektga yo’naltirilgan dasturlashning yana bir asosiy tushunchalaridan biri polimorfizm haqida. Polimorfizm odatda inkapsulyatsiya va vorislikdan keyin OOP ning uchinchi ustuni deyiladi. Polimorfizm yunoncha so’z bo’lib, “ko’p shaklli” degan ma’noni anglatadi va uning ikki xil ko’rinishi mavjud:
Statik polimorfizm. Ushbu tur kompilyatsiya vaqti polimorfizmi (Compile Time Polymorphism) deb ham yuritiladi. Chunki u qaysi metod yoki funksiyani chaqirishni kompilyatsiya vaqtida aniqlashtirib oladi va mos keladigan metod yoki funksiya topilmasa xatolik qaytariladi.
Quyida “Algebra” sinfida bir xil nomga ega ikkita “Add” metodi mavjud va bu metodlar faqat parametrlari bilan farqlangan. 1 – “Add” metodining vazifasi 2 ta butun sonni qabul qilib, ularning yig’indisini qaytarish. 2 – “Add” metodining vazifasi 3 ta butun sonni qabul qilib, ularning yig’indisini qaytarish.
Keling endi dastur qanday ishlashini yaxshiroq tushunish uchun, “Algebra” sinfining “Add” metodidan ikki xil ko’rinishidan ham foydalanib ko’ramiz:
Biz sinf metodiga algebra.Add(3, 8) shaklida murojaat qildik va kompilyastiya jarayoni boshlangandan keyin dastur ikkita parametrli metodga ya’ni 1 – “Add” metodiga murojaat qildi. (Mustaqil tarzda s.Add(2, 3, 5) holatini o’rganib chiqing). Biz statik polimorfizmda bir metodni sinfni o’zida qayta aniqladik va qaysi metod ishlashi kerak ekanligi kompilyatsiya vaqtida aniq bo’ldi.
Dinamik polimorfizm. Runtime polimorfizmi yoki kech ulanish polimorfizmi deb ham atash mumkin. Polimorfizmning ushbu turida statik polimorfizmdan farqli tarzda bir sinfga tegishli metodlarni ushbu sinfdan voris oluvchi boshqa sinflarda qayta aniqlaymiz. Bu nima degani ? Misol tariqasida real bir voqeani qaraymiz. Geometrik shakl deganimizda uchuburchak, to’rtburchak, piramida va yana boshqa shakllar ko’z oldimizdan o’tadi. Lekin aynan bir shaklni tasavvur qila olmaymiz. Uchburchak deganimizda esa aksincha. Ushbu holat quyidagicha:
Yuqoridagi holatda “Shakl” sinfi ajdod sinf va unda Chizish() metodi mavjud, “Aylana” va “Uchburchak” sinflari esa uning voris sinflari va Chizish() metodini esa ularda qayta yozdik.
Natija qanday bo’ladi ?
Nega natija biz o’ylagandek chiqmadi ? Biz yuqorida ikkita xatoga yo’l qo’ydik.
1 – xato: Chizish() metodini ajdod sinfda, ya’ni, Shakl sinfida qayta yozish imkoniyati bor ekanligini aytmadik. (virtual so’zi bilan hal qilamiz)
2 – xato : Chizish() metodini voris sinflarda qayta yozayotganimizni ham aytib o’tmadik. (override so’zi bilan hal qilamiz)
Dasturga muammolarimizni hal qiluvchi kalit so’zlarni qo’shamiz:
Xatolarimizni hal qila oldikmi ?
Xayriyat, endi natija biz xohlagan ko’rinishda !
Abstraksiya olamiga sayohat
Yuqorida biz geometrik shakl deganda aynan bir shakl ko’z oldimizga kelishini va uni chizish mumkin emasligini tushunib yetdik. Demak, “Shakl” sinfi mavhum (abstract) sinf va uning “Chizish” metodi ham mavhum (abstract). Voris sinflarda esa bu metodning qiladigan ishi tayin.
1 – qoida: Abstract metodlarni yaratishda metod nomi oldiga abstract so’zini qo’shish kerak va abstract metodlarning tanasi bo’lmaydi.
2 – qoida: Hech bo’lmaganda bitta bo’lsa ham abstract metodni o’z ichiga olgan sinf o’z – o’zidan abstract sinfga aylanadi va sinf nomi oldiga abstract so’zi qo’shib qo’yiladi.
3 – qoida: Abstract sinflar umumiylikni saqlab turish uchun yaratiladi va ularning kostruktori e’loni ham mavjud bo’lmaydi.
Yuqoridagi dasturda hayotdagi haqiqiy voqeani aks ettirdik deyishimiz mumkin. “Shakl” sinfi mavhum (abstract) va “Aylana”, “Uchburchak” sinflari uchun ajdod sinf. Undagi Chizish() metodi ham hech qanday vazifa bajarmasdan faqat umumiylikni saqlab turish uchun yaratildi va voris sinflarda ushbu metodni qayta aniqladik (override kalit so’zi orqali).
Yakunda yana bir muhim qoidani bilishingizni ta’kidlab, shu bilan mavzuni o’z nihoyasiga yetkazamiz:
Dasturlash
Polimorfizm