POLIJINAKS qin kapsulasi
Polijinaks qin kapsulasi #Полижинакс қин капсуласи ?Dori shakli : Qin kapsulalari ?Tarkibi ? — Neomitsin sulfat — Polimiksin B sulfat — Nistatin ?TA’SIR QILISHIGA KO’RA ? Ginekologik kasalliklarda davolash uchun antiseptik va mikroblarga qarshi dori vositasi. Antibakterial vosita. Zamburug’ga ham qarshi ta’sirga ega. ?QO’LLANILISHI ? — Qindagi bakterial va zamburug’li infeksiyalarga qarshi samarali ta’siri bor — Bakteriyalarga qarshi antibakterial va antiseptik ta’sirga ega. — Kandida tarkibidagi zamburug’larga qarshi , zamburug’li infeksiyaga qarshi vosita sifatida — Qin shilliq qavatining trofik harakatini tiklanishini yaxshilaydi. — Vaginitda , ya’ni qin shilliq qavatining yallig’lanishida — Vulvovaginitda va servikovaginitda qo’llaniladi. — Jinsiy a’zolar soxasidagi jarrohlik aralashuvlari natijasida infeksiya asoratlarini oldini olish maqsadida profilaktika uchun — Bachadon bo’yni opertiv holatlaridan oldingi va keyingi holatda — Bachadon ichi tashxis muolajalari oldidan — Tug’ishdan oldin qo»llash mumkin. ?QO’LLASH USULI ? Qinga qo’llash uchun ishlatiladi. 1 kapsula orqaga yotgan holda qinga chuqur qilib, kechasi uyqudan oldin qo’yiladi. Davolash kursi — 12 kun. Oldini olish ( profilaktika ) kursi — 6 kun. ?NOJO’YA TA’SIRI ? — Allergik reaksiyalar — Qichishish , achishish — Qindagi bezovtalik — Allergik kontakt ekzema ❌QO’LLASH MUMKINMAS ? — Preparatga yuqori allergik reaksiya bo’lganda — Xomiladorlikning birinchi 3 oyligida mumkin emas. ?ADMIN MASLAHATI ? ?Preparatdan faqat ayollar foydalana oladilar. ?Xayz ko’rish vaqtida davolash kursini to’xtatmaslik kerak. ?Qo’llash — retsept bilan ?Ishlab chiqaruvchi — Fransiya @Farmakologiya_TTA ,,ТАБЛЕТКА» kanaliPOLIJINAKS qin kapsulasi
DO`STLARGA ULASHING:
POLIJINAKS qin kapsulasi