POLIJINAKS qin kapsulasi to’liq malumot oling
Polijinaks qin kapsulasi
#Полижинакс қин капсуласи
?Dori shakli : Qin kapsulalari
?Tarkibi ?
— Neomitsin sulfat
— Polimiksin B sulfat
— Nistatin
?TA’SIR QILISHIGA KO’RA ?
Ginekologik kasalliklarda davolash uchun antiseptik va mikroblarga qarshi dori vositasi. Antibakterial vosita. Zamburug’ga ham qarshi ta’sirga ega.
?QO’LLANILISHI ?
— Qindagi bakterial va zamburug’li infeksiyalarga qarshi samarali ta’siri bor
— Bakteriyalarga qarshi antibakterial va antiseptik ta’sirga ega.
— Kandida tarkibidagi zamburug’larga qarshi , zamburug’li infeksiyaga qarshi vosita sifatida
— Qin shilliq qavatining trofik harakatini tiklanishini yaxshilaydi.
— Vaginitda , ya’ni qin shilliq qavatining yallig’lanishida
— Vulvovaginitda va servikovaginitda qo’llaniladi.
— Jinsiy a’zolar soxasidagi jarrohlik aralashuvlari natijasida infeksiya asoratlarini oldini olish maqsadida profilaktika uchun
— Bachadon bo’yni opertiv holatlaridan oldingi va keyingi holatda
— Bachadon ichi tashxis muolajalari oldidan
— Tug’ishdan oldin qo»llash mumkin.
?QO’LLASH USULI ?
Qinga qo’llash uchun ishlatiladi. 1 kapsula orqaga yotgan holda qinga chuqur qilib, kechasi uyqudan oldin qo’yiladi. Davolash kursi — 12 kun. Oldini olish ( profilaktika ) kursi — 6 kun.
?NOJO’YA TA’SIRI ?
— Allergik reaksiyalar
— Qichishish , achishish
— Qindagi bezovtalik
— Allergik kontakt ekzema
❌QO’LLASH MUMKINMAS ?
— Preparatga yuqori allergik reaksiya bo’lganda
— Xomiladorlikning birinchi 3 oyligida mumkin emas.
?ADMIN MASLAHATI ?
?Preparatdan faqat ayollar foydalana oladilar.
?Xayz ko’rish vaqtida davolash kursini to’xtatmaslik kerak.
?Qo’llash — retsept bilan
?Ishlab chiqaruvchi — Fransiya
@Farmakologiya_TTA
,,ТАБЛЕТКА» kanali
Dorixona
POLIJINAKS qin kapsulasi